Soʻm
Soʻm — 1) qadimgi atamalardan biri boʻlib, Firdavsiyning „Shohnoma“ asarida „Soʻm“ pul solingan qopcha (xalta) maʼnosida qoʻllanilgan.
Soʻm -{Soʻm}- | |
---|---|
-{ISO 4217}-: | -{UZS}- |
Davlat nomi: | Oʻzbekiston |
Simvol: | -{}- |
14-asrda Oltin Oʻrda xonligida ogʻirlik birligi boʻlib, muayyan ogʻirlikdagi kumush quyma (yombi)ni ifodalagan. 1920-yillarda, OʻzSSR tashkil etilganidan keyin sovet rubli banknotlari va xazina biletlari nominalida ittifoqdosh respublikalarning milliy tillaridagi pul birliklari nomlari, jumladan „soʻm“ nomi yozilgan holda chiqarilgan rubl. Oʻzbekiston hududida muomalada „Soʻm-kupon“ deb atalgan.
2) Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi. 1 soʻm = 100 tiyin. Xalqaro ifodasi UZS. Soʻm Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi 1994 yil 16 iyundagi farmoni bilan 1994 yilning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan.
Muomalaga 1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻmlik, 1997-yil 1-martdan 200 soʻmlik, 1999-yil 1-iyuldan 500 soʻmlik, 2001-yil 1-sentabrdan 1000 soʻmlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50, 100, 500 soʻm qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan (q. Tanga).
Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasining markaziy banki amalga oshiradi.[1]
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122—moddasi va „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 soʻm qiymatidagi banknotlar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin (1tiyin = 1/100 soʻm), hamda 1, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm qiymatidagi tangalar muomaladadir.
2013-yil iyunida 5000 soʻm qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.[2] 2013-yil 27-iyunida Oʻzbekiston respublikasi markaziy banki shu yilning 1-iyulidan boshlab qiymati 5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi.[3].
2017-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 soʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. Senat Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan oʻn ming soʻmlik banknotning namunasi va dizaynini maʼqullagan, bankka oʻn ming soʻmlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, banknot tavsifini OAVda eʼlon qilish yuklangan[4].
Banknot va tangalar chiqqan yillari Править
Yil | Banknot | Tanga |
---|---|---|
1994 | 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 Soʻm | 1, 3, 5, 10, 20, 50 Tiyin |
1997 | 200 Soʻm | |
1999 | 500 Soʻm | |
2001 | 1000 Soʻm | 5, 10, 25 Soʻm |
2002 | 50 Soʻm |
Banknotlar Править
1994—yildan boshlab Править
Old tarafida bezaklar bilan pul qiymati, ort tomonida Oʻzbekistonning turli obidalari tasvirlangan. Suv belgisi — Oʻzbekiston gerbi.
Banknota raqamlari XX 0000000 shaklida.
Tasvir | Qiymat, soʻm | Oʻlcham, mm | Asosiy ranglari | Ort tomonidagi tasvir | Chiqarilgan sana | |
---|---|---|---|---|---|---|
Old tomoni | Ort tomoni | |||||
pushti |
||||||
yashil |
||||||
qizil |
||||||
koʻk |
||||||
zargʻaldoq |
||||||
zargʻaldoq |
||||||
jigarrang |
||||||
Файл:Uzbekistan 5000 so'm avers.jpg | Файл:Uzbekistan 5000 so'm reverse.jpg | jigarrang[3] |
||||
Manbalar Править
- ↑ Fayzulla Mullajonov. OʻzME. Toshkent
- ↑ "Ижтимоий тармоқларда беш минг сўмлик банкнотанинг суратлари пайдо бўлди". kun.uz. 21.06.2013. http://kun.uz/2013/06/21/fivethousand/.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 5000 so'm bo'lgan pul biletlarini muomalaga chiqarish to'g'risida. Oʻzbekiston respublikasi markaziy banki (27.06.2013).
- ↑ O'zbekistonda 10000 so'mlik muomalaga chiqarilishi kutilmoqda
Havolalar Править
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |