Sultonov, Oʻtkir Toʻxtamurodovich
Oʻtkir Toʻxtamurodovich Sultonov (oʻzb. Ўткир Тўхтамуродович Султонов; 14-iyul 1939-yil, Toshkent) - Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 1995-yil 21-dekabrdan 2003-yil 11-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, bir vaqtning oʻzida – 1998-yildan – MDH davlatlari Bosh vazirlari kengashi raisi.
Oʻtkir Sultonov | |
Ўткир Султонов | |
Tavallud sanasi: | 14-iyul 1939-yil |
Tavallud joyi: | Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi: | Oʻzbekiston |
Vafot sanasi: | 28-noyabr 2015-yil (76 yoshda) |
Vafot joyi: | Toshkent[1] |
Partiyasi: | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Biografiya Править
1963-yilda Tomsk politexnika institutini injener-mexanik mutaxassisligi boʻyicha bitirgan. 1964-1985 – yillarda Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida, master, laboratoriya boshligʻi, konstruktorlik qismi boshligʻi, bosh injener, bosh direktor oʻrinbosari. 1985-yildan – “Vostok” ICHB Bosh direktori. 1992-1995 – yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri. 1995-yil 21-dekabrdan 2003-yil 11-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, bir vaqtning oʻzida – 1998-yildan – MDH davlatlari Bosh vazirlari kengashi raisi. 2003- 2008 – yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – mashinasozlik, elektrotexnika, savdo, kimyo sanoati majmuasi rahbari, 2008-yildan 2011-yilgacha Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida direktor lavozimida ishlagan.
Manbalar Править
Havolalar Править
Vikiomborda Oʻtkir Sultonov haqida turkum mavjud |