Tomsk shahri

Материал из УзЭнц
Версия от 17:51, 4 ноября 2018; Sf7 uz (обсуждение | вклад) („Tomsk — Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyatidagi shahar (1782 yildan), viloyat markazi. Tom daryosining oʻng sohilida...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Tomsk — Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyatidagi shahar (1782 yildan), viloyat markazi. Tom daryosining oʻng sohilida. Daryo porti. Transport yoʻli stansiyasi, daryodan t.yilga, temir yoʻldan daryoga yuk ortiladigan punkt. Aeroport bor. Aholisi 478 ming kishi (1998). 3 shahar tumani mavjud.

Tomsk 1604 yilda vujudga kelgan. 1804— 1925 yillarda gubernya markazi. Shahar 19-asrning 30-yillari oxiridan, Tomsk va Yenisey gubernyalarida koʻplab oltin qazib olina boshlashi munosabati bilan, Sibirning muhim savdo, hunarmandchilik va tranzit markazi boʻlib qoldi. Tomskda 1880 yilda Rossiyaning Osiyo qismida birinchi unt, 1896 yilda Sibirda birinchi oliy texnika oʻquv yurti — texnologiya instituti ochilgan. 1880-yildan T. podsho Rossiyasining surgun joyi edi.

Tomskda mashinasozlik va metallsozlik (priborsozlik, elektrotexnika sanoati, podshipniklar, asboblar va boshqalar), kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari korxonalari bor. Shaharda Rossiya fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining ilmiy markazi; 6 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, muzeylar (shu jumladan, Tomsk universiteti muzeyi), Botanika bogʻi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan: Voskresenskaya cherkovi (18-asr oxiri — 19-asr boshlari), savdo rastalari (18—19-asrlar) saqlangan.

Шаблон:OʻzME