Tomsk shahri

Материал из УзЭнц
Tomsk
Mamlakat Rossiya
Rasmiy tili Ruscha
Vaqt mintaqasi UTC+7
Telefon kodi +7 3822
Rasmiy sayti http://www.admin.tomsk.ru (rus.)

Tomsk — Sibir universitet shahri. Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati markazi (1782 yildan). Tom daryosining oʻng sohilida. Daryo porti.

Transport yoʻli stantsiyasi, daryodan temir yoʻlga, temir yoʻldan daryoga yuk ortiladigan punkt. Aeroport bor. Aholisi 478 ming kishi (1998). Shaharda 3 ta tuman mavjud.

Tarixi

Tomsk 1604 yilda vujudga kelgan. 1804— 1925 yillarda guberniya markazi. Shahar 19-asrning 30-yillari oxiridan, Tomsk va Yenisey gubernyalarida koʻplab oltin qazib olina boshlashi munosabati bilan, Sibirning muhim savdo, hunarmandchilik va tranzit markazi boʻlib qoldi. Tomskda 1880 yilda Rossiyaning Osiyo qismida birinchi universitet, 1896 yilda Sibirda birinchi oliy texnika oʻquv yurti — texnologiya instituti ochilgan. 1880-yildan Tomsk podsho Rossiyasining surgun joyi edi.

Iqtisodiyoti

Tomskda mashinasozlik va metallsozlik (priborsozlik, elektrotexnika sanoati, podshipniklar, asboblar va boshqalar), kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari korxonalari bor.

Axborot texnologiyalari

Tomskda 170 dan ortiq axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalar mavjud. Sohada 8 mingdan ziyod mutaxasislar ishlamoqda (2018).

Yuqori texnologiyalik proyektlar uchun motor vazifasini "InnoTomsk" federal dasturi oʻtamoqda.

Ijtimoiy soha

Shaharda Rossiya fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining ilmiy markazi; 6 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 3 teatr, muzeylar (shu jumladan, Tomsk universiteti muzeyi), Botanika bogʻi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan: Voskresenskaya cherkovi (18-asr oxiri — 19-asr boshlari), savdo rastalari (18—19-asrlar) saqlangan.

Шаблон:OʻzME