Vatikan shahri

Материал из УзЭнц
Muqaddas Shahar
-{Status Civitatis Vaticanae
Stato della Città del Vaticano}-
Vatikan davlat bayrogʻi   Vatikan davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Inno e Marcia Pontificale
(Hymn and Pontifical March)
Vatikan Xaritasi
Vatikan Xaritasi
Poytaxt Vatikan Shahri
Rasmiy til(lar) Italyancha
Hukumat Teokratiya (Sancta Sedes)
 • Davlat boshligʻi Pope Francis
 • Davlat kotibi Pietro Parolin
Mustaqillik   Italiyadan
 • Sana 11 fevral 1929
Maydon  
 • Butun 0.44 -{km²}- (237-)
 • Suv (%) ahamiyatsiz
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 921 (233- oʻrin)
 • Zichlik 2093 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ mil. ({{{YaIM_o`rin}}}-)
 • Jon boshiga AQSh$0
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-+1)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-+2)
Qisqartma -{VT}-
Internet domen -{.va}-
Telefon prefiksi +379, +39

Vatikan (Vaticano, Stato della Citta del Vaticano) — Italiya poytaxti — Rimning gʻarbiy qismidagi Monte-Vatikan tepaligida joylashgan mustaqil shahar-davlat. Katolik cherkovining siyosiy, maʼmuriy va mafkuraviy markazi, uning boshligʻi — Rim papasi qarorgohi. Qariyb hamma tomoni tosh devor bilan oʻralgan. Mayd. 0,44 km2. Doimiy aholisi 1 ming kishiga yaqin (700 kishi Vatican fuqarosi). Rasmiy tillari — lotin va italyan tillari.

Davlat tuzumi[править | править код]

Vatican — cheklanmagan teokratik monarxiya. Konstitutsion hujjatlari 1929 yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Rim papasi. 1996 yil fevralda papa Ioan Pavel II tomonidan chiqarilgan yangi Konstitutsiyaga muvofiq, u, odatda, kardinallar orasidan yashirin ovoz berish orqali ovozlarning uchdan ikki qismiga ega boʻlgan taqdirda kardinallar hayʼati tomonidan umrbod saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud hokimiyati papa qoʻlida. Ayni vaqtda u Rim katolik cherkovining ham boshligʻi hisoblanadi. Papa huzuridagi maslahat organi — kardinallar hayʼati cherkovning eng muhim ishlarini muhokama qilish va papani saylash uchun yigʻilib turadi. Rim papasi Ioann Pavel II (264-papa) 1978 yil 16 oktabrda saylangan. Bu kun Vatikanda milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Italiyapoytaxti Rim xududida joylashgan Vatikan eng kichik davlat boʻlishi bilan birgalikda, BMT va dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan xolda, BMT ga aʼzo boʻlmagan yagona davlatdir. Rim katolik cherkovining markazi boʻlgan bu davlat, Rimning ichida joylashganiga qaramay xuquqiy jixatdan mutlaqo mustaqildir. Xatto, Italiyaga xam boʻysinmaydi. Lekin shunga qaramay, Italiyaning 300 mingga yaqin qoʻshini va 50 ming nafar dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni xam ximoya qilish vazifasi yuklatilgan.

Tarixi[править | править код]

Ilk oʻrta asr davrida Vatican Rim papalarining turar joyi, 1377 yildan boshlab esa doimiy qarorgohi. 8-asrdan cherkov davlati sifatida mavjud. 1870 yilda Italiya birlashishi munosabati bilan Italiya qirolligi tarkibiga qoʻshib olingan. 1929 yilda papa bilan Italiya xukumati oʻrtasidagi Lateran bitimi natijasida Vatican davlati qayta tiklandi va 1929 yil 11 fevralda mustaqil davlat sifatida tan olindi. Katolik cherkovining xalkaro markazi sifatida Vatican dunyoning koʻpgina mamlakatlaridagi ijtimoiy turmushga taʼsir oʻtkazadi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlari 1992 yil 17 oktabrda oʻrnatilgan.

Iqtisodiyoti. Davlat iqtisodiy negizini kapital mablagʻlardan tushadigan daromadlar, milliy katolik cherkovlarning badallari, dindorlarning ehsonlari tashkil qiladi. Vatican— dunyoning yirik sanoat-moliya monopoliyalaridan biri (uning oltin va valyuta bisoti 12 mlrd. AQSH dollaridan ortiq deb taxmin qilinadi). Oʻzining moliyaviy, iqtisodiy operatsiyalari va ishonchli vakillari orqali qudratli xalqaro korporatsiyalar, banklar bilan uzviy bogʻlangan. Vatican bir qancha kompaniya va banklar aksiyasiga ega. Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Ispaniya, shuningdek AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi sanoat tarmoqlari korxonalariga qoʻyilgan sarmoyadan katta foyda olib turadi. Italiya, Germaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda katta yer maydonlariga ega. Xorijiy sayyohlik va pochta markalari chiqarish, suvenirlar sotish ham koʻp daromad keltiradi. Pul birligi — italyan lirasi; numizmatlar uchun Vatican lirasi ham zarb etiladi.

Matbuoti. Vaticanning rasmiy nashrlari: „Akta apostolike sedis“ („Havoriy arsh hujjatlari“, oylik byulleten, 1909 yildan), „Annuario Pontifichio“ („Papa yilnomasi“, yillik maʼlumotnoma), „Osservatore della domenika“ („Yakshanbalik sharh“, katoliklar uchun haftanoma), „Osservatore romano“ („Rim sharhlovchisi“, kundalik gaz., 1861 yildan). Shuningdek italyan, fransuz, ispan, portugal, nemis, ingliz tillarida haftalik nashrlari mavjud. „Adjensia Internatsionale Fides“ Vatican agentligi 1926 yilda tashkil etilgan. Vatican radiosiga 1931 yil 12 fevralda asos solingan, 1957 yilda qayta tashkil etilgan. „Chentro Televizivo Vatikane“ — Vatican televizion markazi 1983 yilda barpo etilgan.

Meʼmorligi[править | править код]

Ilk oʻrta asrlarda vujudga kela boshlagan Vatican maʼmuriy majmuasiga 15— 16-asrlarda yaratilgan koʻpdan-koʻp inshootlarni oʻz ichiga oluvchi Vatican saroy ansambli (mayd. 55 ming m2) kiradi. Oʻz navbatida ansambl devorlari B. Mikelanjelo, P. Perujino, S. Bottichelli, D. Girlandayo ishlagan rasmlar bilan bezatilgan Sikstin kapellasi, Beato Anjeliko ishlagan rasmlar bilan bezatilgan Nikolay V kapellasi, Rafael moʻyqalami sayqal bergan peshayvonlar va zallar, Uygʻonish davri uslubidagi ichki hovlilar (meʼmor D. Bramante), barokko uslubidagi darvozaxona (meʼmor L. Bernini), shuningdek koʻzni qamashtiradigan kutubxona, badiiy muzeylar va boshqadan iborat. Vatican bogʻlarida Piy IV kazinosi, Vatican pinakotekasi (17-asrgacha boʻlgan italyan rassomlari asarlari toʻplami) binosi va boshqa bor. Vatican majmuasiga Avliyo Pyotr sobori (meʼmorlar D. Bramante, Mikelanjelo, K. Maderna va boshqa), Navon maydonidagi qator kolonnalar (meʼmor L. Bernnni) qoʻshilib ketgan.[1]

Havolalar[править | править код]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil