Zarafshon vodiysi

Материал из УзЭнц

Zarafshon vodiysi - Oʻrta Osiyoning markaziy qismida, TurkistonOqtov bilan Zarafshon tizmalari orasida joylashgan koʻndalang vodiy. 3. v.ning sharqiy togʻli qismi Tojikiston, gʻarbiy togʻ etagi va tekislik qismi Oʻzbekiston hududida. Tektonik yoʻl bilan vujudga kelgan. Hoz. relyefining shakllanishida Zarafshon daryosining doimiy va vaqtli irmoqlari hamda shamol muhim rol oʻynagan. 3. v. Zarafshon muzligidan (bal. 2775 m) boshlanib, gʻarbda Sandiqli qumigacha (bal. 185 m) 781 km ga choʻzilgan. Vodiy shu masofada gʻarbiy, jan.gʻarbiy yoʻnalishda davom etadi va astasekin pasayib hamda kengayib boradi. 3. v., asosan, ustini toʻrtlamchi davr allyuvial jinslari qoplagan uchlamchi davr choʻkindi jinslaridan tarkib topgan. Bu yerda neogen davrigacha dengiz boʻlgan. Alp orogenezida vodiy quruqlikka aylangan. Zarafshon daryosi oʻz oʻzanini chuqurlashtirib, terrasa (koʻhna qayir)lar hosil qilgan. 3. v.ning sharqiy togʻli qismida 6 ta terrasa bor. Panjakent sh.gacha (300 km masofada) vodiy tor va chuqur, Turkiston va Zarafshon tizmalari undan tik koʻtarilib turadi. Zarafshon daryosi yuqori qismida muz harakati bilan vujudga kelgan ancha keng (4–5 km) vodiy hosil kilgan. Kishtutsoyning Zarafshonga quyiladigan yerida vodiy juda tor, togʻ yon bagʻri daryo qirgʻogʻidan tik koʻtarilgan. Quyi qismida vodiy kengayib, Oʻzbekiston hududiga oʻtgach, kengligi ayrim joylarda 60–70 km ga (Buxoro vohasida) yetadi. Oʻzbekiston xududida 3. v.ning uzunligi qariyb 480 km boʻlib, bu qismida Samarqand, Buxoro, Qorakoʻl vohalari joylashgan.

Samarqand vohasi Samarqand botigʻida joylashgan, shim.dan Gʻubdintogʻ—Oqtogʻ— Qoratogʻ, jan.dan QoratepaZirabuloqZiyovuddin kabi uncha baland boʻlmagan togʻlar bilan oʻralgan. Zarafshon vodiysi bu vohada ancha (50 km gacha) keng . Navoiy sh.dan oʻtgach, vodiy yana torayadi. Qiziltepa va Oftobachi qirlari birbiriga juda yaqinlashib, Hazar yoʻlagini (kengligi 8–10 km) hosil kiladi. Vohaning yer yuzasi tekis; uni Zarafshon daryosi va vaqtincha oqar soylar kesib parchalagan, baʼzi yerlarida jarlar hosil qilgan. Hazar yoʻlagidan oʻtgach, vodiy yana kengayadi va jan.gʻarbga burilib, Buxoro vohasini hosil qiladi. Bu qismida 3. v.ning kengligi 70 km ga yetadi hamda tekislikka aylanadi. Voha shim.dan Qizilqum bilan, sharkdan Qoʻshtepa, Azkamar, Quyimozor, Qaynagʻach, Qumsulton kabi tepaliklar, janub va jan.gʻarbdan esa Qorakoʻl platosi bilan oʻralgan. Buxoro vohasi jan.gʻarbga, gʻarb va shim.gʻarbga bir oz nishab. Uning mutlaq bal. 200–280 m. Vohani kanallar, ariqlar kesib oʻtgan. 3. v. Buxoro vohasida jan.gʻarbga torayib boradi hamda Qorakoʻl platosi yonida ancha torayib Qorakoʻl yoʻlagini hosil qiladi. Soʻngra vodiy yana kengayib Qorakoʻl vohasi boshlanadi. Qorakoʻl vohasini jan.gʻarbdan Sandiqli qumi, shim.sharqdan Qorakoʻl platosi va jan.dan Eshakchi qumligi oʻrab turadi. Bu yerda vodiyning kengligi 48–50 km, mutlaq bal. 185–200 m. Kichik shoʻr koʻl, pastliklar bor. 3. v. Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashganligidan iqlimi kontinental. Vodiy gʻarbdan sharqqa ancha choʻzilganligi va relyefning balandlashib borishi tufayli tra rejimi va yogʻinlar miqdori har joyda turlicha. Yillik oʻrtacha tra tekislik qismida 12—15°, togʻli kismida 12—0,7°. Yoz vodiyning tekislik qismida issiq boʻlib, uzoq davom etadi, iyulning oʻrtacha trasi 25—29°, togʻli qismida esa 20—7,7°. Baʼzan tra tekislik kismida 44° ga, togʻli qismida 33° ga chiqadi. Qish vodiyning tekislik kismida ancha iliq boʻlib, yanvarning oʻrtacha trasi 0° dan —1,3° gacha, togʻli kismida —3° dan —10° gacha boʻladi. Eng past tra —35°. Yillik yogʻin 114–400 mm (gʻarbdan sharqqa ortib boradi), faqat Zarafshon tizmasining gʻarbiy qismi — Omonqoʻtonda 881 mm. Yogʻinning koʻp qismi tekislik kismida yilning sovuq faslida, togʻli kismida esa issiq faslda ham tushadi. Vodiyning asosiy daryosi — Zarafshon. Koʻllaridan eng yirigi — Dengizkoʻl. 3. v. botikda joylashganligi sababli yer osti suvlari mavjud. Vodiyda tuproq va oʻsimlik koplami balandlik mintakalari hosil kilgan. Vodiyning eng pastki 400–500 m balandlikkacha boʻlgan yerlari choʻl mintaqasiga kiradi. Bu mintakaning tuprogʻi och boʻz tuprok, unda, asosan, arpagʻon, tarokbosh, lolaqizgʻaldok, qoramashoq, kovrak, chitir, toshlok yerlarda esa shuvoq, burgan va b. oʻsadi. Choʻl mintaqasidan soʻng adirlar boshlanib, bal. 500 m dan 1200 m gacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga oladi. Bu yerlarda tipik va toʻq tusli boʻz tuproq tarqalgan. Qungʻirbosh, rang , noʻxatak, yoʻngʻichka, yaltirbosh, okquray, gulxayri, sasir, qasmaldoq, chalov, yetmak kabi oʻtlar; zirk, naʼmatak kabi butalar oʻsadi. Vodiyning 1200 m dan 2700 m gacha boʻlgan qismi togʻ mintakasidan iborat boʻlib, bu yerlarda jigarrang va qoʻngʻir togʻoʻrmon tuproklari uchraydi. Oʻtlardan taktak, taroqbosh, chayir, butalardan uchkat, bodomcha, daraxtlardan archa oʻsadi. Vodiyning 2700 m dan baland qismi yaylov mintaqasidan iborat, tuprogʻi jigarrang .

Hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri va b., parrandalardan kirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, chugʻurchiq, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay va b., bulardan tashqari, qar xil ilon, kaltakesak, tipratikan, kalamush, koʻrsichqon va b. uchraydi.

3. v. Oʻzbekiston va Tojikiston xoʻjaligida muhim oʻrin tutadi. Vodiyda sugʻoriladigan va sugʻorishga yaroqli yer koʻp. Chorvachilikni rivojlantirish uchun tabiiy oʻtloq va pichanzorlar bor.

3. v. oʻzining kurkam bogʻ va mevazorlari bilan qadimdan mashhur. Vodiyda gaz, koʻmir, oltin, turli xil qurilish materiallari konlari, mineral suvlar va b. bor.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil