Abdulla Oripov (siyosatchi)
Aripov Abdulla Nigʻmatovich[1] Арипов Абдулла Ниғматович | ||
| ||
---|---|---|
2016-yil 14-dekabrdan | ||
Prezident: | Shavkat Mirziyoyev | |
Oʻtmishdoshi: | Shavkat Mirziyoyev | |
| ||
2016-yil 13-sentyabrdan — 2016-yil 14-dekabrgacha | ||
Prezident: | Shavkat Mirziyoyev | |
Oʻtmishdoshi: | Adham Ikromov | |
Vorisi: | Botir Xoʻjayev | |
| ||
2002-yildan — 2012-yilgacha | ||
Prezident: | Islom Karimov | |
Oʻtmishdoshi: | Alisher Azizxoʻjayev | |
Vorisi: | Bahodir Xodiyev | |
Fuqaroligi: | Oʻzbekiston | |
Tavalludi: | 24-may 1961 (63 yosh) Toshkent, OʻzSSR | |
Partiyasi: | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi | |
Mukofotlari: |
Shoir Abdulla Oripov bilan adashtirib yuborilmasin.
Abdulla Nigʻmatovich Aripov (1961-yil 24-may, Toshkent) - Oʻzbekiston davlat arbobi, Respublika Bosh vaziri[2], yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari[3]. Iqtisod fanlari nomzodi. Doʻstlik ordeni va Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.
Tarjimai holi
- 1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati — oʻzbek.
- Maʼlumoti — oliy. 1983-yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini) tamomlagan.
- 1983-1992 yillarda Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis.
- 1992-1993 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis
- 1993-1995 yillarda „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasining direktor oʻrinbosari.
- 1995-yilda Oʻzbekiston Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari.
- 1995-1996 yillarda „TashAfinalAL“ QKning bosh direktori, shuningdek, Oʻzbekiston Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimini boshlig'i.
- 1997-yilda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari.
- 1997-2000 yillarda, Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish Davlat fondi raisi.
- 2000-2001 yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari, 2001-yil 15-avgustdan agentlik bosh direktori.
- 2002-yil 30-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari - Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori etib tayinlangan.
- 2009-yil oktabrdan boshlab shuningdek, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari bo'lgan.
- 2012-yildan 2016-yilgacha Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasi boʻlim mudiri.
- 2016-yil 13-sentyabridan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan.
- 2016-yil 12-dekabrda Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan[4]. 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.
Oilasi
Oilali, besh nafar qizi bor. Akasi - Hamidilla Nigʻmatovich Oripov.
Manbalar
Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Kishilar: Oʻzbekiston Turkum:Oʻzbekiston Bosh vazirlari Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar
Шаблон:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi
|