Abutaliyev, Faradey Basirovich
70-yosh yubileyini nishonlashdan oldin, Toshkent, fevral, 2002-yil. | |
Tavalludi | 25-mart 1932-yil Toshkent shahri |
---|---|
Vafoti | 30-avgust 2012-yil Toshkent shahri |
Istiqomat joylari | Toshkent shahri |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Vatani | Sovet ittifoqi |
Sohasi | matematik modellashtirish |
Mashhur sovrinlari | "Shavkatli mehnati uchun" medali (1970), VDNX medali va premiyasi |
Faradey Basirovich Abutaliyev (1932-yil 25-mart, Toshkent, OʻzSSR — 2012-yil 30-avgust, Toshkent, OʻzR) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972).
O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1952). Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Hisoblash markazi kibernetika institutida ilmiy xodim (1957— 62), 1962 yildan laboratoriya mudiri.
Faradey Abutaliyev ishlari differensial tenglamalar, hisoblash matematikasi, dasturlash, axborotlar nazariyasi, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bag‘ishlangan. Abutaliyev parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalarning ixtiyoriy shaklli sohalaridagi yechimlarini topish uchun tejamli hisoblash sxemalarini ishlab chiqdi.[1]
Manbalar
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |