Antigua va Barbuda

Материал из УзЭнц
Antigua va Barbuda
-{Antigua and Barbuda}-
Antigua va Barbuda davlat bayrogʻi   Antigua va Barbuda davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Each endeavouring, all achieving
Madhiya: Fair Antigua, We Salute Thee
Antigua va Barbuda Xaritasi
Antigua va Barbuda Xaritasi
Poytaxt Sent-jons
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdo`stlig
 • Rohib Yelizaveta II
 • Gubernator-General Rodney Williams
 • Bosh Vazir Gaston Browne
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 • Sana 1 noyabr 1981
Maydon  
 • Butun 443 -{km²}- (199-)
 • Suv (%) ahamiyatsiz
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 68,722 (205- oʻrin)
 • Zichlik 155 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$750 mil. (201-)
 • Jon boshiga AQSh$10,914
Pul birligi East Caribbean Dollar (XCD)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-–4)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-–4)
Qisqartma -{AC}-
Internet domen -{.ag}-
Telefon prefiksi +1

Antigua va barbuda (Antigua and Barbuda) — Vest-Indiyadagi davlat. Kichik Antil o.lari guruhiga kiruvchi Antigua, Barbuda va Redonda o.larida joylashgan. Maydoni 441,6 km². Aholisi 64,3 ming kishi (1995), asosan negrlar va mulatlar. Aholining o‘rtacha zich-ligi — 1 km² ga 145 kishi. Aholining 32% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar xristian di-nining protestantlik oqimiga mansub-dirlar. Ma’muriy-hududiy jihatdan 7 r-nga bo‘lingan. Poytaxti — Sent-Jons sh. va porti. A. va boshqa 1981 yilda qabul qilingan Konstitutsiya bo‘yicha Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Davlat boshlig‘i Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — vakillar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyatni general-gubernator tomonidan tayin-lanadigan bosh vazir boshchiligidagi xukumat boshqaradi. A. va B da Antigua ley-boristlar partiyasi (1968), Birlash-gan taraqqiyparvar partiya (1992), A. va boshqa fuqarolik xizmati assotsiatsiyasi (500 a’zo), Antigua professional va ishchilar ittifoqi (1940, 10 ming a’zo), Antigua ishchilar ittifoqi (1967, 10 ming a’zo) mavjud. Orollar asosan tekislikdan 549iborat. Tekislikning eng yuqori nuqtasi — 402 m ga yetadigan Bogti-Pik baland-ligidir. Antiguaning shim. va sharq-iy qismi ohakchil va yirik donador qum, markaziy qismi gil formatsiyalar bilan qoplangan. Antigua o. qirg‘oqlari kema-lar uchun qulay tabiiy to‘xtash joylari-ga ega. Qirg‘oq bo‘yining ayrim qismlari qoyalar bilan qoplangan. Orollarda iqlim — quruq va quyoshli (bir yilda o‘rtacha 1150 mm yog‘in yog‘adi). Quruq mavsum noyabr ning oxiridan may oyining boshigacha davom etadi. Tabiiy o‘simliklari va hayvonot dunyosi Antiguadan 48 km shim. da joylashgan aholi kam yashaydigan Barbuda o.da saqlanib qolgan. Bu yassi marjon o.ning g‘arbiy qismida qo‘ltiq bo‘lib, uning qo‘riqxona sharoitida suv-da suzuvchi yovvoyi qushlarning ko‘p tur-lari saqlanib qolgan. Orollarning qad. aholisi indeyslar bo‘lgan. Antigua va Redonda o.larini 1493 y. X. Kolumb o‘zining ikkinchi ekspeditsiyasida kashf etgan. Orollar dastlab Ispaniya, Angliya va Fransiya mustamlakasi, 1667 yildan bu-tunlay Angliya mustamlakasi bo‘lgan. In-glizlar orolda plantatsiya xo‘jaligini tashkil etib, bu yerga Afrikadan nef-qullarni olib kela boshladilar. 1834 y. qulchilik bekor qilindi. 1871 yildan 1958 yilgacha Antigua, Barbuda va Redon-da o.lari Angliyaning Shamolli orollar mustamlakasi tarkibida bo‘lgan. 1981 yildan mustaqil davlat.Mamlakat iqtisodiyotining asosi — xorijiy sayyoxlik va qishloq xoʻjaligi Qishloq xo‘jaligi asosan shakarqamish, paxta-ning uzun tolali navi, shuningdek, tama-ki, kokos palmasi va sabzavot yetishti-rishga ixtisoslashgan. Chorvachilik yaxshi rivojlanmagan. O‘z oziq-ovqat mahsuloti yetishmaganligi sababli u chetdan kelti-riladi. Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash bilan band. Rom ichimligi, paxta va kokos yog‘i ishlab chiqariladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birli-gi — sharqiy Karib dollari. "Autlet", "Neyshn" ("Millat"), "Uorkerz voys" ("Ishchi ovozi") gaz.lari nashr etiladi. 1956 yildan radioeshittirish, 1964 yildan teleko‘rsatuv tashkilotlari mavjud.[1]




  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil