Elyor Gʻaniyev: различия между версиями
Содержимое добавлено Содержимое удалено
({{DEFAULTSORT:) |
(нет различий)
|
Версия от 07:47, 30 ноября 2017
Gʻaniyev Elyor Majidovich | |
AQSH davlat kotibi Hillary Clinton bilan | |
Tavallud sanasi: | 1-yanvar 1960 (64 yosh) |
Tavallud joyi: | Sirdaryo, OʻzSSR |
Mukofotlari |
Gʻaniyev Elyor Majidovich (1960-yil 1-yanvar, Sirdaryo viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri (2012-yildan).
Biografiyasi
- 1960-yil 1-yanvarda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.
- 1981-yilda Toshkent politexnika institutining neft va gaz sanoati texnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
- 1981-1985 — Toshkent politexnika instituti oʻqituvchisi.
- 1985-1990 — Qurolli Kuchlar xizmatida.
- 1990-1992 — Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari Davlat qoʻmitasi katta referenti.
- 1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boshqarma boshligʻi.
- 1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi.
- 1994-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.
- 1997-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.
- 2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi.
- 2005-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.
- 2006-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
- 2009-2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
- 2010-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.
- 2012-yil 13-yanvardan 2017-yil 28-noyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
- 2017-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri[1].
- 2005-yildan — Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi Prezidenti.
Ingliz tilini biladi. Oilali, besh nafar farzandi bor[2].
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar
Turkum:Kishilar: Oʻzbekiston
|