Hotamjon Ketmonov

Материал из УзЭнц
Ketmonov Hotamjon Abdurahmonovich
Tavallud sanasi: 22-may 1969 (1969-05-22) (54 yosh)
Tavallud joyi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

, Andijon

Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Bilimi: Andijon tillar pedagogika instituti
Partiyasi: Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi

Ketmonov Hotamjon Abdurahmonovich (rasmiy manbada - Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich; 1969-yil 22-may, Andijon, OʻzSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi fraksiyasi rahbari (2015-yildan), 2016-yil 4-dekabrda boʻladigan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasidan koʻrsatilgan nomzod.

Faoliyati[править | править код]

Farg'ona viloyati Toshloq tumanidagi 28-sonli oʻrta maktab o'qituvchisi (1993-yil — 1995-yil).

Farg'ona viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari (1995-yildan — 2004-yilgacha).

Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari (20042013).

2013-yildan2014-yilgacha Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi.

2014-yildan — 2015-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

2015-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari[1]

Manbalar[править | править код]