Inson huquqlari

Материал из УзЭнц

Inson huquqi — shaxsning hayotiy ehtiyoji, yashashi, komil topishi uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur boʻlgan xususiyatlari.

Inson huquqi logotipi

Inson huquqlari va erkinliklari tizimi oʻz yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega. Adabiyotlarda „inson huquqlarining uch avlod“ bosqichi haqida koʻrsatilgan.

Ular quyidagilardan iborat.

  • Inson huquqlarining „birinchi avlodi“ — fuqarolik va siyosiy huquqlar hisoblanadi.
  • Inson huquqlarining „ikkinchi avlodi“ — bir qator obʼektiv va subʼektiv omillar taʼsiri ostida shakllandi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoati rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda iqtisodiyot sohasida sezilarli siljishlar roʻy berdi.
  • Nihoyat, inson huquqlarining „uchinchi avlodi“ — „hamjihatlik huquqlari“ deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umumiy eʼtirof etilgan qoidaga koʻra bu huquqlar: tinchlikka boʻlgan huquq, bexavotir tabiiy atrof muhitga boʻlgan huquq, insonniyatning iqtisodiy va madaniy merosidan foydalanish huquqi va boshqalar.

Insonning oʻz erkinlaiklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga koʻtarilgan quyidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda oʻzining moddiy ifodasini topgan:

  • Erkinlikning buyuk xaritiyasi (1215 yil);
  • huquq toʻgʻrisidagi petitsiya (1628 y);
  • „Habea Cozpus AKT“ (1679 yil);
  • huquqlar toʻgʻrisidagi bill (1689 yil);
  • Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776 yil);
  • Amerika Qoʻshma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776 yil);
  • Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789 yil);
  • Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 yil);
  • Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro Pakt (1966 y) va boshqalar.

Inson Huduqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlar Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan.

Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning , barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil