Jalolov, Abdulhafiz Marahimovich
Abdulhafiz Marahimovich Jalolov (рус. Абдулхафиз Марахимович Джалалов; 1947-yil 1-iyun, Namangan, OʻzSSR — 2019-yil iyul, Yangiqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, OʻzR[1]) — sovet va oʻzbekistonlik siyosatchi. 2000-yil OʻzR Prezidentlik saylovida yagona alternativ nomzod.
Biografiyasi
- Toshkent davlat universitetining falsafa fakultetini bitirgan. Falsafa fanlari doktori.[2]
- OʻzSSR Kompartiyasi ideologiya otdeli mudirining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
- 1993-2002 yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi[3][4].
4 farzandning otasi.
Prezident saylovida ishtiroki
2000-yil yanvarda boʻlib oʻtgan Prezidentlik saylovida Islom Karimovga yagona alternativ nomzod boʻlgan. Saylovda ovoz berganidan soʻng, undan muxbirlar kimga ovoz berdingiz deb soʻrashganda, ochiq-oydin Karimovga deb javob bergan.
Manbalar
- ↑ Скончался бывший кандидат в президенты Узбекистана Абдулхафиз Джалолов - Наманганская правда
- ↑ Биографии кандидатов в Президенты Республики Узбекистан // Правда Востока : газета. — Ташкент, 1999. — 27 ноября (вып. 2272 (№ 233). — С. 1.
- ↑ Джалолов Абдулхафиз | ЦентрАзия
- ↑ Джалалов, Абдулхафиз Марахимович - Человеческий фактор: философия, идеология, политика. Sotsialistik jamiyatda inson omili: falsafa, mafkura, siyosat
Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar
Turkum:Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar
|