Kuril orollari

Материал из УзЭнц

Kuril orollari - Kamchatka ya. o. va Xokkaydo (Yaponiya) o. oraligʻidagi vulkaniq orollar. Oxota dengizini Tinch okeandan ajratib turadi. RFning Saxalin viloyati tarkibida. Uzunligi qariyb 1200 km. Maydoni 15,6 ming km². Parallel orollar — Katta Kuril o.lari va Kichik Kuril o.laridan iborat. Katta Kuril o.lari 3 guruhga: jan. (Ku-vashir, Iturup, Urup va boshqalar), oʻrta (Simushir, Ketoy, Ushishir va boshqalar) va shim. (Lovushki, Shiashkotan, Onekotan, Paramushir va boshqa t.) guruhlarga boʻlinadi. Orollarning koʻp qismi togʻlik (balandligi 2339 m. gacha). 160 vulkan, shulardan 40 ga yakini harakatdagi vulkanlar, issiq mineral buloklar mavjud. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Jan. orollarda oʻrmonlar bor, shim. orollar tundra oʻsimliklari bilan qoplangan. Baliq (keta va boshqalar) va dengiz hayvonlari (nerpa, sivuch va boshqalar) ovlanadi. Kuvashir o.da Kuril qoʻriqxonasi joylashgan. Kuril orollari toʻgʻrisidagi ilk maʼlumotlarni 1697 yilda rus sayyohi V.V. Atlasov maʼlum qildi. 1855 yildagi Rossiya-Yaponiya shartnomasiga koʻra, Iturup o.dan shim.dagi barcha Kuril orollari Rossiyaning mulki deb eʼlon qilindi. 1875 yildagi Rossiya—Yaponiya shartnomasidan keyin esa ular Yaponiya boshqaruvida boʻldi. 1945 yildagi Krim konferensiyasi karoriga binoan, SSSR tasarrufiga oʻtdi, 1945 yilning avgust oyida, SSSR—Yaponiya urushi jarayonida sovet qoʻshinlari tomonidan egallandi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil