Makedoniya (tarixiy viloyat)

Версия от 05:00, 27 ноября 2015; m>Ximik1991Bot (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Mil. av. → Miloddan avvalgi (3), -a. → -asr (8) using AWB)
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

MakedoniyaBolqon ya.o.ning markazida joylashgan tarixiy viloyat. M. hududiga aholi (illiriy va frakiy qabilalari) neolit davridan boshlab joylashgan. Miloddan avvalgi 52-asrlarda M. hududida Qad. Makedoniya davlati boʻlgan. Mil. 67-asrlarda M. hududida slavyan qabilalari koʻchib kelgan. Slavyanlar mahalliy qabilalar bilan aralashib ketgan. 7-asrda Vizantiya M. slavyanlarini qisman oʻziga boʻysundirgan. 9-asrning 2-choragida M.ning katta qismi Birinchi Bulgʻor podsholigita kirgan. 9—10-asrlarda M. hududida mulkdorlik (feodal) munosabatlari shakllangan, xri-stianlik keng yoyilgan. 10-asrning 70-yillarida Gʻarbiy Bulgʻoriya podsholigi vujudga kelib, M. mazkur podsholik hududining asosiy qismini tashkil qilgan. 1018 yilda M.ni Vizantiya bosib olgan. 1230 yilda M. Ikkinchi Bulgʻor podsholigi hududining bir qismigaaylangan. 14-asrning oʻrtalarida M.ni Serbiya, 14-asrning soʻnggi choragida esa Usmonli turk imperiyasi bosib olgan. Turkiya zulmiga karshi milliy ozodlik kurashlari koʻtarilgan (Ilinden qoʻzgʻoloni, 1903). Bolqon urushlari natijasida (191213) M. Serbiya (Vardar M.si), Gretsiya (Egey M.si) va Bolgariya (Pirin oʻlkasi) davlatlari oʻrtasida boʻlib olingan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Шаблон:OʻzME

Turkum:Tarixiy viloyatlar Turkum:Yevropa