Mustay Karim (boshq.-{Мостай Кәрим}-, asl ismi Mustafo Safo o‘g‘li Karimov, boshq.-{Мостафа Сафа улы Кәримов}-) (1919.20.10 — 2005.21.09) — boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963).
Boshqirdiston pedagogika insitutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. „Bahor sadolari“ (1940), „Mening tulporim“ (1943), „Sheʼrlar“ (1944), „Qaytish“ (1947), „Tanlangan asarlar“, „Yevropa—Osiyo“ (1954) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi.
Mustay Karimning „Toʻy davom etadi“ (1947), „Yolgʻiz qayin“ (1950), „Qiz o’gʻirlash“ (1959), „Aytilmagan qoʻshiq“ (1961), „Oy tutilgan tunda“ (1964), „Oygul vatani“ (1969) kabi pyesalari zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan boʻlib, ularda boshqird xalqining turmush tarzi o’z ifodasini topgan.