Orolboʻyi

Материал из УзЭнц

Orolboʻyi, Quyi Amudaryo - murakkab tabiiy geografik hudud. Maʼmuriy jihatdan Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlarida. Uning gʻarbida Ustyurt platosi chinklari, shim.da Katta va Kichik Boʻrsiq qumliklari, shim.-sharqida Orolboʻyi Qoraqumi, sharqda Sirdaryo deltasi, jan.-sharqida Qizilqum choʻlining shim. qismi, jan.da esa Amudaryoning hozirgi deltasi joylashgan. Orol dengizi shim.-sharqiy va jan. qismlarida suv sathining pasayishi natijasida vujudga kelgan hududlar (Orolqum) mavjud.

Orol dengizi choʻkmasi yuqori neogenning oxiri (pliotsen)da tarkib topgan. Geologlarning fikricha, oʻsha davrda Moʻynoq ya.o.VozrojdeniyeBorsakelmas orollari boʻylab meridianal yoʻnalishda Ustyurt chinkining vujudga kelishi boshlangan. Orol choʻkmasini birinchi marta yuqori pliotsenda, Kaspiyning Oqchagʻil transgressiyasi davrida suv bosgan. Oqchagʻilning koʻldengiz yotqiziklari (mergel, gil, qum, qumtoshlar) O.dagi Qoʻshxonatov va Beltov balandliklarida saqlangan. Kaspiyning apsheron transgressiyasi davrida Orol choʻkmasini ikkinchi marta suv bosgan, uning yotqiziqlari (qalin qum-gil) Amudaryo deltasida toʻrtlamchi davr yotqiziqlari ostida mavjud. Oʻrta toʻrtlamchi davrda Amudaryo shim. tomonga buriladi. 2-ming yillikning ikkinchi yarmidan Amudaryo Orol choʻkmasiga quyilgan va daryoning hozirgi yoki Orol deltasi tarkib topib, natijada harakatdagi qumlar (barxanlar), baʼzi joylarda doʻng va kichik marzali qum shakllari hosil boʻlishi boshlangan. Oʻsha davrda Amudaryoning Oqchadaryo deltasi vujudga kelgan. U shim. va shim.-sharkda Sirdaryoning qad. Janadaryo deltasi bilan birlashgan. Hozirgi u yerda qum relyef shakllari pliotsenning gil, qumtosh, mergel, togʻ jinslaridan tashkil topgan qoldiq balandliklar (Buzgul — 95 m, Uchtagan — 414 m, Jomontov — 102 m va boshqalar) bor.

Amudaryoning hozirgi delta yuzasi daryoning koʻplab eski va yangi oʻzanlari bilan murakkablashgan. Deltada qoddiq denudatsion balandliklar: Beltov (142 m), Qushxonatov (138 m), Qiziljar (118 m), Moʻynoq (86 m) va boshqa mavjud. O.ning jan. qismida kishda havo temperaturasi —7,6, —8,8°, yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 25,9°, 28,3°, yillik yogʻin 75– 120 mm. Oxirgi yillarda Orol dengiziga quyiladigan suv miqdori juda ka-maygan, baʼzi yillar yezda Taxiatoshdan quyida suv butunlay boʻlmaydi.

Natijada koʻplab koʻllar qurib qoldi. Tuproq qoplamining xususiyatlari ham oʻzgardi, grunt suvlarining sathi pasaydi, shoʻrxokzorlar maydoni keskin kengaydi, choʻllashishning kuchayishi sababli toʻqaylarning asosiy kis-mi quridi. Qamishzor, toʻqay oʻrnida endilikda yulgunzorlar, bir yillik shoʻralar tarkib topgan. Oʻsimliklarning degradatsiyasi kuchayishi bilan yaylovlar mahsuddorligi, hayvonlar turi va soni kamayib ketdi. Oqibatda, ushbu hududda bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan geoekologik muammolar vujudga keldi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil