Parkent

Материал из УзЭнц
Shahar
Parkent
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Toshkent viloyati
Tuman Parkent tumani
Koordinatalari 41°17′40″N 69°40′35″E / 41.29444°N 69.67639°E / 41.29444; 69.67639Koordinatalari: 41°17′40″N 69°40′35″E / 41.29444°N 69.67639°E / 41.29444; 69.67639
Aholisi 45 500 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yer uchun hali jyolashuv xaritasi mavjud emas.

ParkentToshkent viloyati Parkent tumanidagi shahar (1984 yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi va viloyat markazi (Toshkent shahri)dan 47 km. Aholisi 45,5 ming kishidan ziyod (2003). Shahar aholisi va xoʻjaliklari Parkentsoy va Parkent kanalidan suv oladi. P.da 1 qoʻshma korxona, 22 kichik, 16 korxona, firmalar, 5 sanoat korxonasi, non zavodi, dehqon bozori bor. 14 umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan maktab, kasb-hunar maktablari, markaziy va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, "Kichkin-toy" bolalar xiyoboni, "Onalar va bolalar bogʻi", madaniyat va istirohat bogʻi, stadion (10 ming oʻrin), markaziy kasalxona, poliklinika, 12 do-rixona, 75 savdo, 145 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. P. — Toshkent yoʻnalishida avtobus qatnaydi.

P. oʻrnida dastlab muqim turar joylar miloddan avvalgi 2—1-asrlar chegarasida pay-do boʻlgan. Shahar toʻgʻrisida "Boburnoma"da ham maʼlumotlar berilgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil