Pirs, Charlz Sanders

Материал из УзЭнц

Charlz Sanders Pirs (ингл. Charles Sanders Peirce; 1839-yil 10-oktabr, Kembridj, Massachusets shtati — 1914-yil 19-aprel, Milford, Pensilvaniya shtati) — amerikalik faylasuf, mantiqchi, matematik va tabiatshunos. Amerika fanlar va sanʼat akademiyasi (1877) hamda Milliy Fanlar akademiyasi (1879) aʼzosi.

Garvard universitetini tugatgan (1859). Shu universitetda mantiq, tarix va falsafadan maʼruzalar oʻqigan. Pirsga Duns Skot, Kant va Darvin qarashlari taʼsir koʻrsatgan. Pirs agnostitsizmni tanqid qildi, biroq bilimning ishonchliligini inkor etdi. U ilmiy bilim va fikrning shakllanishi, ishonchliligi va dalillar asosida isbotlanganligi masalasiga alohida ahamiyat berdi.

Falsafaga pragmatizm tushunchasini kiritgan. Haqiqatning obyektivligini rad etib, chinlikni amaliy foydalilik bilan tenglashtirgan. Semiotika asoschisi. Matematik mantiqqa doir asarlar yozgan. Pirsni "AQSh ilmiy falsafasining otasi" deb hisoblaydilar.

Manbalar[править | править код]