Pragmatizm

Материал из УзЭнц

Pragmatizm (qad. yun. -{pragmatos}- — ish, harakat) — falsafiy taʼlimot.

19-asrning 70-yillarida AQSHda shakllanib keng rivojlandi, bu mamlakat maʼnaviy hayotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Oʻtmish falsafasini hayotdan ajralib qolgan, mavhum, kuzatuvchan harakterga ega, deb bilgan.

Pragmatizm vakillari "falsafani taʼmirlash" dasturini olgʻa surdilar. Ular, falsafa borliq va bilishning ilk asoslarini idrok etishdan iborat boʻlib qolmasligi kerak, balki kishilarning oldida koʻndalang boʻlib turadigan, turli hayotiy vaziyat, faoliyat jarayonida ular duch keladigan muammolarni hal qilishi kerak, deb hisoblaydilar. Pragmatizm amaliyotda insonga nima koʻproq foyda bersa, oʻshanga koʻproq ahamiyat berish zarur, degan gʻoyani ilgari suradi.

Pragmatizmning asosiy gʻoyalari Ch. Pirsniki boʻlib, qoidalarini U. Jems, J. Dyui, F.K. S. Shiller, J.G. Mid ishlab chiqqanlar.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil