Pozitivizm

Материал из УзЭнц

Pozitivizm (frans. positivisme, lot. positivus) — falsafiy yoʻnalish. Unga koʻra, barcha chinakam (pozitiv) bilimlar maxsus fanlar yigʻindisi natijasidir; fan biror falsafaning oʻz ustidan xukmronligiga muhtoj emas.

Pozitivizmga 19-asrning 30-yillarida Ogyust Kont asos solgan ("Pozitivizm" terminini kiritgan). Pozitivizm tabiiy va ijtimoiy fanlar metodologiyasiga (ayniqsa, 19-asrning 2-yarmida) taʼsir koʻrsatgan. Pozitivizmning hozirgi shakli — neopozitivizm.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil