QizilqumÕrta Osiyodagi qumli chõl. Amudaryo va Sirdaryo oraliģida (Õzbekiston, Qozoģiston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shim.ģarbdan Orol dengizi, sharqda Tyanshan va Pomir-Olay toģ tizmalari bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 300 ming km². Hududining kõp qismi tekislik. Q.da õrtacha balandlik jan. va jan.sharqida 300 m, shim.ģarbida 53 m. Q. hududidagi Sulton Uvays toģi, Bõkantov, Yetimtoģ, Tomditov, Quljuqtov va boshqalar past toģlar yuvilib ketgan alp antiklinalining õzagidir. Vaqginchalik oqar suvlar toģlardan yuvib tushgan materiallar toģ etaklariga tõplanib nishab prolyuvial tekisliklarni hosil qilgan. Ular toģlardan uzoqlashgan sari pasaya boradi. Shuningdek, Q. hududida qirlar (Beltov va boshqalar), yassi plitalar, berk botiqlar (Mingbuloq, Oyoqoģitma, Qoraxotin, Mõlali va boshqalar) hamda qadimiy suvsiz daryo õzanlari: Aqchadaryo, Janadaryo, Daryosoy, Quvonchdaryo, Mahandaryo va boshqalar mavjud.

Qizilqum
qoz. -{Қызылқұм}-
Qizilqum xaritasi. Sunʼiy yoʻldoshdan olingan surat
Qizilqum xaritasi. Sunʼiy yoʻldoshdan olingan surat
Ошибка Lua: callParserFunction: function "#property" was not found.
MamlakatlarOʻzbekiston Oʻzbekiston
Qozogʻiston Qozogʻiston
Turkmaniston Turkmaniston
JoylashuviOʻrta Osiyo
Maydoni300 000 km²
DaryolarJanadaryo
Yanvar oyi oʻrtacha harorati0°С —9 °C
Iyul oyi oʻrtacha harorati26°С — 29 °C
Yillik yogʻingarchilik miqdori100 — 200 mm
Qizilqum (Oʻzbekiston)
Qizilqum

Toģlar va ularni õrab turgan toģ oldi tekisliklari bir-biridan qum massivlari bilan ajralib turadi. Qum massivlari uchun qator tepa va kõzanak qumlari xosdir. Q.ning katta qismini qum massivlari: Juranqum, Toshquduq, Yomonqum, Kemirekqum va boshqalar egallagan. Qum massivlarida eol relyef shakllari — qum marzalari, dõng qumlar, barxanlar uchraydi. Qum marzalari kõproq meridianal yõnalishga ega, õsimliklar bilan mustahkamlangan. Ularning . nisbiy balandligi 3— 30 m, baʼzan 75 m ga yetadi. Q.ning markaziy qismida kõpincha dõng qumlar tarqalgan (ular ham õsimliklar bilan mustahkamlangan). Barxanlar nisbatan kam bõlib, bular aholi yashaydigan joylar va quduqlar atrofida uchraydi. Barxanlarning harakatga kelishi insonning xõjalik faoliyati bilan boģliq. Marza qumlar orasidagi past joylarda taqirlar hosil bõlgan, ular Q. ning shim.ģarbiy va shim.sharqiy qismida, ayniqsa, keng tarqalgan. Tektonik jihatdan Q. Turon plitasida joylashgan. Q.dagi past toģlar paleozoy davriga mansub metamorfizlashgan slanets, rogovik, ohaktosh, marmar, granitlardan tashkil topgan. Tekislik qismida mezokaynozoy davri gillari, qumtoshlar, konglomeratlar, mergellar, shim. qismida esa Amudaryo va Sirdaryoning qadimiy daryo yotqiziqlari tarqalgan.

Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Havoning õrtacha yillik temperaturasi shim. qismida 9,8°—10,5°, jan.da 13°—15°. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 0° dan –9° gacha, eng past temperatura –30, –31°, ayrim joylarda –34°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 29°, ayrim joylarda 30—31°. Eng yuqori temperatura (iyudda) 46—49°. Q. da yozda yer yuzasi qizib ketadi. Namlik serob va õsimliklarga boy bõlgan Amudaryoning quyi oqimiga qaraganda Q.da vegetatsiya davrida musbat tralar yiģindisi ancha yuqori, nisbiy namlik esa kunduzi õrtacha 10—12% past. Havoning nisbiy namligi iyulda kunduz kunlari hech qayerda 20% dan oshmaydi. Q.ga yillik temperatura amplitudasining kattaligi xos. Amudaryo etagiga qaraganda bu yerda yoģin kam. Yillik yoģin 80—160 mm, asosan, qish (30%) va bahor (48%) fasllarida yoģadi. Yozda yoģinning faqat 3% tushadi. Yozda havo quruq keladi va temperatura yuqori, tuproq qurģoqchiligi birmuncha vaqtliroq boshlanadi. Qumli massivlar va qumoq tuproqlardagi õsimlik õsgan joylarda qumoq va gilli joylarga qaraganda tuproq u qadar quchli emas.

Q.da yil davomida shimoliy, shim. sharqiy va shim.ģarbiy shamollar tezligi õrtacha (3—–4 m/sek.) esib turadi. Baʼzida kuchli bõronlar ham bõladi. Iqlimi quruq bõlganidan Q.da doimiy oqar suvlar yõq. Past toģlardan boshlanuvchi quruq soylarda faqat bahorgi yoģingarchilik paytlaridagina suv okddi. Q yer osti suv zaxirasiga boy, lekin, ularning kõp qismi shõr. Faqat Turon plitasi poydevorida joylashgan karstlashgan ohaktoshlardagi yer yoriqlarida chuchuk suvlar zaxirasi mavjud bõlib, ular qulay joylarda yer yuzasiga buloqlar sifatida (Tomdibuloq, Irlir va boshqalar) chiqadi.

Q.da qumli massivlar va past qirlar katta maydonni egallaydi. Qumli massivlar uchun chõl qumli tuproqlari, qirlar uchun bõz qõnģir tuproqlar xos. Taqir, shõrxok tuproqlar tarqalgan. Bularda chirindi moddalari kam. Q. õsimliklari xilmaxil. Chõl sharoitida namlikning taqchilligi va havo, tuproq haroratining balandligiga õsimliklar ham moslashgan. Õsimlik turi 900 ga yaqin, shundan 226 turi (25%) Õrta Osiyo uchun xos va 34 turi (3,5%) Q.ga xos õsimliklardir. Q.da õsimliklar rivojlanishining tez yetiluvchanligi (efemerligi), qurģoqchillikka moslashuvchanligi (kseromorfligi), baʼzi õsimlik ildizlarining tuproqqa chuqur kirib borishi (freatofit), shõr muhitda ham vegetatsiya qilish xususiyatiga ega ekanligi (galofit) bilan ajralib turadi. Oq va qora saksovul, ularga aralash holda õsuvchi cherkez, qandim, chogon, borjok (qizilcha), shuvoq va boshqalar keng tarqalgan. Oq saksovulzorlar biyurģun, boyalich, keyreuk shõralar bilan, goho yulģun aralash ham uchraydi. Shuvoqzorlar Q.ning katta hududlarini egallagan. Shõr bosgan tuproqlarda sarsazan, qorashõra, shohilak, yulģun va boshqalar bor.

Sutemizuvchilardan jayran, sayģoq, chõl mushugi, barxan mushugi, qõshoyoq, yumronqoziq, qumsichqon, tulki, bõri, quyon, olakõzan, uzun quloq tipratikan; sudralib yuruvchilardan qum bõģma iloni, õqilon, uzun quloqli va taqir dumaloqbosh kaltakesak, agama, echkemar; qushlardan boyqush, chil, xõjasavdogar, saksovul tõrģayi, chõl qarģasi, bulduruq, burgut, boyqush; hasharotlardan chayon, qoraqurt, biy, chigirtka va boshqalar uchraydi. Q.da mayin junli va qorakõl qõylar boqiladi. Artezian havzalardan suv chiqarilib, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida kichik vohalar vujudga keltirilmoqda. Qoldiq toģlardan marmar, grafit, feruza, Muruntovdan oltin, uran, shuningdek, fosforit, korund, boksit konlari topilib, qazib olinmoqda. Gazli konidan foydalanilmoqda.

Adabiyot

  • Fyodorovich B.A., Lik pustshi, M., 1954;Baratov P., Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi, T., 1996; Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.

Murod Mamatkulov.

Шаблон:OʻzME

Turkum:Oʻrta Osiyo Turkum:Choʻllar