Stalin, Iosif Vissarionovich

Материал из УзЭнц
Iosif Vissarionovich Stalin
იოსებ ბესარიონის ძე სტალინი
Иосиф Виссарионович Сталин
Tavallud sanasi: 18-dekabr 1878-yil(1878-12-18)
Tavallud joyi: Gori, Tiflis guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi: 5-mart 1953-yil(1953-03-05)
(74 yoshda)
Vafot joyi: Moskva yaqinida, RSFSR

Iosif Vissarionovich Stalin (gurj. იოსებ ბესარიონის ძე ჯუღაშვილი, Ioseb Besarionis dze Jugʻashvili, ruStalin Иосиф Виссарионович Сталин; 18-dekabr, 1878[1] - 5-mart, 1953) SSSR Bosh Vaziri, Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Bosh Kotibi boʻlgan.

Millati gurji boʻlgan Stalinning haqiqiy ism-sharifi Ioseb Jugʻashvili boʻlib, uni qisqacha Soso deb chaqirishar edi. Oktabr inqilobiga qadar Jugʻashvili koʻp taxallus va partiya laqablaridan foydalangan. Asosan Besoshvili, Nijeradze, Chijikov, Ivanovich; eng mashhuri — Koba. „Stalin“ taxallusining kelib chiqishi bahsli: baʼzilar uni ruscha „stal“ („stal“ — poʻlat), boshqalar esa adib E. Stalinski sharifidan ilhomlangan deyishadi.

Siyosan noʻnoq Stalin hukumat tepasiga hamkorlari Grigoriy Zinovyov va Lev Kamenev hamda kotiblari Lev Mexlis, Ivan Tovstuxa va Boris Bajanov yordamida keldi.[2]

STALIN (Jugashvili) Iosif Vissarionovich (laqabi — Koba, Soso va boshqalar) (1878, Gruziyaning Gori shahri — 1953.5.3, Moskva) — SSSRning mustabid hukmdori. Etikdoʻz oilasida tugʻilgan. Gori diniy bilim yurtini tugatgach (1894), Tiflis diniy seminariyasida oʻqigan (inqilobiy faoliyati uchun 1899 yil haydalgan). 1898 yil RSDRP tarkibidagi Gruziya "Mesamedasi" sotsial-demokratik tashkilotiga kirgan. 1902—13 yillarda 6 marta qamaldi, surgun qilindi, 4 marta qamoq va surgundan qochdi. 1903 yildan bolsheviklarga qoʻshildi. 1907 yilda RSDRP Boku komitetining rahbarlaridan biri. V. I. Lenin tarafdori, uning tashabbusi bilan 1912 yilda RSDRP MK va MK Rus byurosiga kooptatsiya qilingan (sirtdan kiritilgan). 1917 yil "Pravda" gazetasi taxrir hayʼati, RSDRP (b) MK Siyosiy byurosi, Harbiy-inqilobiy markaz aʼzosi. 1917—22 yillarda millatlar ishi boʻyicha xalq komissari, ayni vaqtda 1919—22 yillarda davlat nazorati xalq komissari, 1918 yildan Rossiya Harbiy inqilobiy kengashi aʼzosi. 1922—53 yillar partiya MK bosh kotibi.

20 yillarda partiya va davlatda yetakchi boʻlish uchun kurash davomida, partiya apparati va siyosiy fitnalardan foydalanib, partiyaga bosh boʻlib oldi va mamlakatda mustabid rejimni oʻrnatdi. Mamlakatni jadal industrlashtirish va majburiy kollektivlashtirish siyosatini oʻtkazdi. 20 yillarning oxiri — 30 yillarda haqiqiy va gumon qilingan raqiblarini yoʻq kildi. Ommaviy terror tashabbuskori boʻldi. 30 yillarning oxiridan fashistlar Germaniyasi bilan yakinlashish siyosatini tutdi (qarang Sovet-German bitimlari (1939)), bu hol Ikkinchi jahon urushida xalqfojiasiga olib keldi. 1941 yildan SSSRXKS (Ministrlar Soveti) raisi. Urush yillarida STALIN Davlat Mudofaa komiteti raisi, Mudofaa xalq, komissari, Oliy Bosh koʻmondon. 1946—47 yillarda SSSR Qurolli kuchlari vaziri. Sovet Ittifoqi Mapshali (1943), generalissimus (1945). Urush yillarida STALIN AQSH prezidenti F.D. Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill bilan birga gitlerchilarga qarshi harbiy ittifoq (koalitsiya) tuzdi. Urush tugagandan soʻng u "jahrn sotsialistax tizimi"ni yaratishning gʻoyaviy rahnomasi va amaliyotchisi boʻlib qoldi, bu hol "sovuq urush" hamda SSSR bilan AQSH oʻrtasidagi harbiy-siyosiy qaramaqarshilikni keltirib chiqargan va qurollanish poygasini kuchaytirgan.

"Marksizm va milliy masala" (1912), "Oktyabr revolyusiyasi va rus kommunistlarining taktikasi" (1924), "Leninizm asoslari toʻgʻrisida" (1924), "Buyuk burilish yili" (1929). "Dialektik va tarixiy materializm toʻgʻrisida" (1938), "Marksizm va tilshunoslik masalalari" (1950) va boshqa asarlarida oʻz siyosatini nazariy asoslashga uringan. STALIN tiriklik chogʻida, xuddi Lenin singari uning karashlari mutlaqlashtirildi, faoliyati va shaxsiy hayoti ilohiylashtirildi. KPSSning 20sʼyezdi (1956)da N.STALIN Xrushchyov STALIN shaxsiga sigʻinishni va uning faoliyatini keskin krraladi. Keyinchalik mamlakatning kommun istik rahbarlari STALINni siyosiy reabilitatsiya kilishga bir necha bor urindilar.

STALIN oʻz siyosiy faoliyatida Turkiston va Oʻzbekistonda sotsializm asoslarini joriy etish yoʻllarini qoʻllagan. Buxoro boskinitl amalga oshirish uchun harbiy ishlar xalq komissari L. D. Trotskiyga "Frunze retseptiga koʻra zoʻrlik bilan harakat qiling", deb tayinlagan (1920 yil avgust). Turkiston ASSR rahbarlarini "bosmachilik"ka qarshi murosasiz kurash olib bormaganlikda ayblagan. Keyinchalik A. Ikromov, F. Xoʻjayev, STALIN Segizboyev, boshqa davlat va jamoat arboblari STALINning koʻrsatmasi bilan qatagʻon qilingan. Jasadi dastlab Moskva Qizil maydonidagi mavzoleyga (V.I. Lenin yoniga) qoʻyilgan. KPSS 22sʼyezdi qarori bilan esa mavzoley orqasiga dafn etilgan (1961 yil noyabr).

Adabiyot[править | править код]

  • Rejim lichnoy vlasti Stalina. K istorii formirovaniya, M., 1989; Istoriya i stalinizm, M., 1991; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

Manbalar[править | править код]

  1. Bu sana Goridagi Iosif Jugʻashvili taʼlim olgan Uspenskiy cherkovi qaydlaridan olingan. 1921-yilgacha Stalin tugʻilgan kunini 18-dekabr, 1878, deb oʻz qoʻli bilan yozib koʻrsatgan. Biroq 1922-yili hukumat tepasiga kelib, Stalin tugʻilgan sanasini 21-dekabr, 1879, qilib oʻzgartirgan. Prominent figures. State and Power in Russia. 19 July 2008.
  2. Борис Бажанов. Воспоминания бывшего секретаря Сталина

Havolalar[править | править код]


Шаблон:SSSR davlat rahbarlari

Шаблон:Yil kishisi (Time), 1927-1950