Tatar tili
Milliy nomi: -{татар теле, tatar tele, تاتار تيلی}-
Mamlakatlar: Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Finlandiya, Ruminiya, Xitoy, Avstraliya va boshqalari
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Tatariston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 5 406 110
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Qipchoq-bulgʻor ostguruhi
Alifbosi: Kirill
Til kodlari
-{ISO 639-1 tt}-
-{ISO 639-2 tat}-
-{ISO 639-3 tat}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Tatar tili — (tat. -{татар теле}-) — turkiy tillar oilasiga mansub til.

Ushbu til Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida, Boshqirdiston, Chuvashiya, Mariy el, Udmurtiya, Mordoviya respublikalari va koʻplab viloyatlarining ayrim tumanlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyoda, Qozogʻiston va Ozarbayjon respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7 million kishidan koʻp (20-asr oxiri).

Sezilarli fonetik va morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 3 lahjasi bor:

  • oʻrta;
  • gʻarbiy (yoki mishar);
  • sharqiy (yoki sibir tatarlari lahjasi).

Lingvistik xarakteristikasi Править

Tatar tili fonetikasi 10 unli fonemaning mavjudligi, labtish v fonemasining, ch qorishiq undoshining yoʻqligi, baʼzi unlilar pozitsiyasining umumturiy holatdan farqlanishi bilan ajralib turadi. Morfologiyasida analitik zamon shakllari, yetakchi feʼlning koʻmakchi feʼllar bilan qoʻshilib, harakatning davomiyligi, jadalligi, tugallangan-tugallanmaganligi kabi maʼnolarni ifodalashi keng tarqalgan. Leksikasida arabcha, forscha, ruscha va rus tili orqali oʻzlashgan baynalmilal soʻzlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Tarixi Править

Eski adabiy Tatar tili yozma yodgorliklari 13-asrga mansub. 19-asrning oʻrtalaridan adabiy til xalq tili bilan yaqinlasha boshlaydi. Hozirgi adabiy tatar tili fonetik va leksik jihatdan oʻrta lahjaga, morfologik jihatdan gʻarbiy lahjaga yaqin. Yozuvi 1927 yilgacha arab grafikasi, 1927—39 yillarda lotin grafikasi, 1939 yildan kirill grafikasi asosida shakllangan.

Adabiyot Править

  • Sovremenniy tatarskiy literaturniy yazik. Leksikologiya fonetika, morfologiya, sintaksis, M, 1969—71; Tatarskaya grammatika v tryox tomax, Kazan, 1993.

Havolalar Править