Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Материал из УзЭнц

Bu maqola Toshkent axborot texnologiyalari universiteti haqidadir. Musiqiy pop-guruh uchun Tatu (guruh) maqolasiga qarang.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
(TATU, TUIT)
Universitet asosiy binosi.
Asl nomi Toshkent elektrotexnika aloqa instituti
Xalqaro nomi Tashkent University of Information Technologies
Asos solingan 1955-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Maxkamov, Baxtiyor Shuxratovich
Talabalari 11.000
Fakultetlar 8 ta
Bakalavriat 25 ta yoʻnalish
Magistratura 24 ta mutaxassislik
Akademiklar 1 ta
Fan doktorlari 16 ta
Professorlar 16 ta
Kampusi 1
Manzili Oʻzbekiston, Toshkent shahri, 100020, Amir Temur shoh koʻchasi, 108
Vebsayti www.tuit.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU; 2002-yilgacha nomi Toshkent elektrotexnika aloqa instituti; рус. Ташкентский университет информационных технологий, ТУИТ; до 2002 года Ташкентский электротехнический институт связи) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyalari, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.

Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan OʻzSSR davrida - 1955-yilda tashkil qilingan. 2003-yildan hozirgi nomi bilan ataladi. Universitetda va filiallarida 11.000 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar.

Universitet haqida[править | править код]

Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq malakali mutaxassis tayyorlandi deb hisoblanadi.

Universitetda 9 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 5 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.

Fakultetlar[править | править код]

Hozirgi kunda universitet tarkibida jami 7 ta fakultet bor. Ular:

  • kompyuter injiniringi fakulteti;
  • axborot xavfsizligi fakulteti;
  • dasturiy injiniring fakulteti;
  • televizion texnologiyalar fakulteti;
  • telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti;
  • AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti;
  • AKT sohasida Kasb taʼlimi fakulteti.

Universitet maxsus harbiy fakulteti alohida institut sifatida ajralib chiqgan.

Professor-oʻqituvchilar tarkibi[править | править код]

Professor-oʻqituvchilar tarkibi 400 ga yaqin boʻlib, ular: 1 akademik, 16 professor, 16 fan doktorlari, 85 nafar fan nomzodlari va dotsentlardan iborat.

Universitet tuzilishi[править | править код]

Universitetda 28 kafedra va 37 oʻquv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmogʻi bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud.

Universitet qoshida ilmiy tadqiqotlar sektori, litsey-instituternat, akademik litsey va kasb-hunar kolleji mavjud.
Universitet Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Universitet faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S.S. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

Tarixi[править | править код]

OʻzSSR davrida, 1955-yilda Toshkent elekrotexnika aloqa instituti tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti deb nomlangan. 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi.

  • 1955 yil — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI);
  • 1960 yil — elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi;
  • 1978 yil — ittifoqdosh Almati, Bishkek, Dushanbe, hamda respublikaning Fargʻona shaharlarida TEAI sirtqi fakultetining tayanch punktlari tashkil etildi;
  • 1993 yil — TEAI instituti qoshida aloqa ofitserlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi;
  • 1994 yil — Markaziy Osiyo respublikalari hamda Mongoliya, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya oʻquv markazi (SAUTST) tashkil etildi
  • 1997 yil — institut qoshida litsey-internat faoliyat yurita boshladi;
  • 1999 yil — institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi;
  • 2002 yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
  • 2005 yil — Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU regional filiallari tashkil etildi
  • 2017 yil — universitetga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi. [1]

Rektorlar[править | править код]

TATU bugun[править | править код]

TATU va ETRI vakillari oʻzaro hamkorlik shartnomasini tuzishgan. Daejeon, Janubiy Koreya.

Bugungi kunda TATU — bu zamonaviy tipdagi, yuqori ilmiy-pedagogik salohiyat, taʼlim kommunikatsiyalarining keng turlari, xalqaro aloqalarning rivojlangan tarmog‘i, jamiyatda mutaxassislar tayyorlash darajasi bo‘yicha yuqori mavqega ega bo‘lgan universitetdir. Universitet telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Oʻrta Osiyoda yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyunda qabul qilingan „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv muassasasi hisoblanadi. Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (2 litsey), bakalavriat (25 yoʻnalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat.

Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami koʻrsatildi.

Manbalar[править | править код]

Adabiyot[править | править код]

  • Teshaboyev, T., (2014). TATU — salohiyatli mutaxasislar tayyorlash maskani. infoCOM.uz. № 3, 147, 14-16.

Havolalar[править | править код]