Veksel

Материал из УзЭнц

Veksel (nem. -{Wechsel}- — ayirboshlash) — koʻrsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni toʻlash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qogʻoz.

U universal toʻlov, kredit va hisob vositasi boʻlib, xalqaro savdoda:

  • toʻlov majburiyati;
  • qisqa muddatli (6 oy) tijorat-kredit vositasi;
  • banklararo uzoq muddatli munosabatlarni shakllantiruvchi vosita;
  • banklardan ssuda olish uchun garov (shuningdek tijorat banki markaziy bankdan ssuda olishda beradigan garov) tarzida keng qoʻllaniladi.

Tarixi[править | править код]

Veksel hisob vositasi va ayirboshlash hujjati sifatida Yevropa mamlakatlarda 17-asrda shakllandi. 19-asrning oxiridan boshlab Turkistondagi xususiy tijorat banklari savdo-sotiqda veksel muomalasini keng yoʻlga qoʻygan. Sovet Ittifoqida, shu jumladan Oʻzbekiston SSRda veksel yangi iqtisodiy siyosat davrida (davlat hamda kooperativ korxonalar oʻrtasidagi munosabatlarda) ham ishlatilgan. 1930—32 yillardagi kredit islohotida bevosita maqsadli bank orqali kreditlashga oʻtilishi bilan mamlakat ichida veksel muomalasi tugatilgan.[1]

Boshqa koʻpgina davlatlarda veksel muomalalari 1930-yil Jenevada qabul qilingan "Veksel toʻgʻrisida"gi konvensiyaga muvofiq olib boriladi. Unda vekselning quyidagi majburiy unsurlari boʻlishi qatiy belgilangan:

  • veksel belgisi — "Veksel" yozuvi;
  • vekselda koʻrsatilgan summani soʻzsiz toʻlash majburiyati;
  • qarz toʻlovchi va birinchi veksel egasining nomi;
  • remitent nomi;
  • toʻlov muddati va joyi;
  • veksel toʻldirilgan sana va manzil;
  • veksel beruvchining imzosi.

Vekselni amal qilish muddatini choʻzish (veksel prolongatsiyasi) qonunga muvofiq yoki trassant va trassatning oʻzaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.

Turlari[править | править код]

Vekselning asosan oddiy veksel (qarzdor tomonidan muayyan summani belgilangan muddatda qaytarish haqida qarz beruvchi oldidagi majburiyat), oʻtkazma veksel (qarz beruvchining qarzni vekselni taqdim etuvchiga yoki hujjatda koʻrsatilgan shaxsga toʻlash haqidagi buyrugʻi), xazina veksel (oʻz harajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan chiqariladi), moliya veksel (bir bank boshqa bankka qarz puli olish uchun beradi), tijorat veksel (tovar egasiga garov tarzida beriladi) va boshqa turlari bor.

Oddiy veksel[править | править код]

Oddiy veksel — qarzdor tomonidan muayyan summani belgilangan muddatda qaytarish haqida qarz beruvchi oldidagi majburiyat.

Oʻtkazma veksel[править | править код]

Oʻtkazma veksel (рус. Переводной вексель) — qarz beruvchining qarzni vekselni taqdim etuvchiga yoki hujjatda koʻrsatilgan shaxsga toʻlash haqidagi buyrugʻi.

Tijorat veksel[править | править код]

Tijorat veksel — tovar egasiga garov tarzida beriladi.

Veksel Oʻzbekistonda[править | править код]

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, veksel — veksel beruvchining yoxud vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani toʻlashga doir qatʼiy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz.[2]

OʻzRning 1993-yil 2 sentabrdagi "Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida"gi qonuniga muvofiq 1994-yildan boshlab Oʻzbekistonda veksellar muomalaga kiritildi. Veksellar naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng qulay vositasi sifatida korxona va tashkilotlarda keng qoʻllanilar edi.[3]

Adabiyotlar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi" Oʻzbekiston Respublikasi qonuni.
  3. Бутиков И.Л. Рынок ценных бумаг. - Т.: Консаудитинформ, 2001. - 472 с.