Erkinjon Turdimov

Материал из УзЭнц
Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich
Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич
Tavallud sanasi: 10-iyul 1969 (1969-07-10) (54 yosh)
Tavallud joyi: Samarqand

Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich (oʻzb. Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич; 1969-yil 10-iyul, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani) - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi. Navoiy viloyati hokimi. 2016-yilda Surxondaryo viloyati hokimligiga tayinlangan. Maʼlumoti – oliy. 1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2006-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Biografiyasi[править | править код]

1991-1995 - «Oʻzsanoatqurilishbank»ning Sirdaryo filialida boʻlim mutaxasisi, «Oʻzsanoatqurilishbank»ning Zarafshon boʻlimi pul muomalasi boʻlimida bosh mutaxasis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Zarafshon boʻlimi boshqaruvchisi. 1995-1996 - Zarafshon shahar hokimining oʻrinbosari. 1996-2000 - Oʻzbekiston Milliy banki Navoiy boʻlimi boshqaruvchisi. 2000-2008 - Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi. 2008-yilda - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari. 2008-yildan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi. 2008-2016 - Navoiy viloyati hokimi. 2009-2016 - xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati. 2016-yildan Surxondaryo viloyati hokimi[1].

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]