Ahmadjon Usmonov

Материал из УзЭнц
Usmonov Ahmad Tugilovich
Усманов Аҳмад Тугилович
Tavallud sanasi: 14-yanvar 1957 (1957-01-14) (67 yosh)
Tavallud joyi: Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR

Usmonov Ahmadjon Tugilovich (oʻzb. Усмoнов Аҳмаджон Тугилович; 14-yanvar 1957-yil, Samarqand) - 2013-2016 yillarda - Toshkent viloyati hokimi[1], 2006-2013-yillarda Andijon viloyati hokimi boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2006-2016). Maʼlumoti – oliy, 1981-yilda Samarqand davlat universitetini huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2006-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni va 2010-yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.

Biografiya[править | править код]

1974-1976-yillarda - Jizzax viloyati Oktyabr tumani «Uch qahramon» qishloq kengashining kotibi. 1981-1982-yillarda - Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi «Rokosovskiy» davlat xoʻjaligining yurist-maslahatchisi. 1982-1983-yillarda - Jizzax shahrining Ichki ishlar boʻlimi katta inspektori. 1983-1990-yillarda - Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimining inspektori, uchastka katta inspektori. 1990-1993-yillarda - Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari - qidiruv boʻlimining boshligʻi. 1993-1996-yillarda - Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimining boshligʻi. 1996-2001-yillarda - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari. 2001-2003-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarni oldini olish bosh boshqarmasi boshligʻi. 2003-2004-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari. 2004-2006-yillarda - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi. 2006-2013-yillarda - Andijon viloyati hokimi. 2013-2016 - Toshkent viloyati hokimi. 2016-yil 4-fevralda ishdan olingan[2][3]

Manbalar[править | править код]

Avval kelgan:
Saʼdulla Begaliyev

Andijon viloyati hokimi

2006-2013
Keyin kelgan:<br./>Shuhratbek Abdurahmonov
Avval kelgan:
Rustam Xolmatov

Toshkent viloyati hokimi

2013
Keyin kelgan:<br./>Sodiqjon Abdullayev