Islom Bobojonov

Материал из УзЭнц

Bobojonov Islom Alimovich (1957.9.4, Xonqa tumani) — ishlab chiqarish tashkilotchisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2002). Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti (1979) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistraturasini tugatgan (2000). Mehnat faoliyatini Xonqa paxta tozalash zavodida smena boshligʻi vazifasida boshlagan, shu korxonada texnika xavfsizligi muhandisi (1979—84), Xorazm viloyati paxta tayyorlash va qayta ishlash birlashmasi katta muhandisi (1984—85), Xonqa paxta tozalash zavodi bosh muhandisi (1985—86), shu korxona rahbari (1986—96), Xonqa tumani hokimi (1996—97), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari (1997—98), vazir (1998—99), 1999-yil mart oyidan 2008-yilgacha Xorazm viloyati hokimi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2005), "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1999-yil)[1].


Manbalar[править | править код]