Sayfiddin Ismoilov

Материал из УзЭнц
Ismoilov Sayfiddin Umarovich
Tavallud sanasi: 18-avgust 1959 (1959-08-18) (64 yosh)
Tavallud joyi: Jizzax viloyati Jizzax tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR

Ismoilov Sayfiddin Umarovich (oʻzb. Исмоилов Сайфиддин Умарович; 18-avgust 1959-yil, Jizzax) – 2010-2016 yillarda Jizzax viloyati hokimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi. Maʼlumoti – oliy, 1981-yilda Toshkent davlat qishloq xoʻjaligi institutini iqtisodchi-tashkilotchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2010-2016 yillarda - xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining deputati. OʻzLiDeP aʼzosi[1].

Biografiya[править | править код]

1981-yildan 1982-yilgacha - Jizzax viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining katta iqtisodchisi. 1982-yildan 1983-yilgacha - Zarbdor tumanidagi «Sharq yulduzi yoʻli» davlat xoʻjaligining brigada boshligʻi. 1983-yildan 1986-yilgacha - Jizzax viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining bosh iqtisodchisi. 1986-yildan 1988-yilgacha - Jizzax viloyati agrosanoat qoʻmitasining boʻlim boshligʻi. 1988-yildan 1990-yilgacha - Sirdaryo viloyati agrosanoat birlashmasi boʻlim rahbarining oʻrinbosari. 1990-yildan 1991-yilgacha - Jizzax viloyati agrosanoat birlashmasi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari. 1991-yildan 1992-yilgacha - Jizzax viloyati Audit markazining taftishchisi. 1992-yildan 1995-yilgacha - Jizzax viloyati agrosanoat birlashmasining boʻlim boshligʻi. 1995-yildan 1997-yilgacha - Jizzax viloyati hokimligi umumiqtisodiy masalalar majmuasining guruh rahbari. 1997-yildan 1998-yilgacha - Jizzax viloyati Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari. 1998-yildan 1999-yilgacha - Jizzax viloyati hokimining umumiqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari - Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining boshligʻi. 1999-yildan 2004-yilgacha - Doʻstlik tumani hokimi. 2004-yildan 2005-yilgacha - Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari. 2005-yildan 2009-yilgacha - Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri[2]. 2010-2016 yillarda - Jizzax viloyati hokimi[3].

Manbalar[править | править код]