Baxadir Yangibayev

Материал из УзЭнц
Yangibaev Baxadir Yangibaevich
Tavallud sanasi: 25-avgust 1960 (1960-08-25) (63 yosh)
Tavallud joyi: Beruniy tumani
Fuqaroligi: Qoraqalpogʻiston

Baxadir Yangibaevich Yangibaev (1960-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida tugʻilgan). Malumoti oliy. Toshkent avtomobil yoʻllari institutini, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-quruvchi, iqtisodchi. 2006-yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi[1].

Biografiyasi[править | править код]

Ish faoliyatini 1982-yilda institutini tamomlagandan keyin Beruniy yoʻl tamirlash va qurilish boshqarmasi ustasidan boshlagan. 1982-1993 yillarda yoshlar va partiya qoʻmitalarida turli lavozimlarʼda faoliyat koʻrsatgan. 1993 yildan 1995 yilgacha Aksiyadorlik-tijorat "Tadbirkorbanki" Qoraqalpogʻiston boʻlimining kadrlar boʻyicha inspektori, iqtisodiy-tahlil boʻlimi boshligʻi. 1995-1996 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yordamchisi. 1996 yildan 1999 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Qoraqalpogʻiston boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari. 1999-2002 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik-tijorat "Gʻallabanki"ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy filiali boshqaruvchisi. 2002 yildan 2006 yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri[1].

Manbalar[править | править код]