Inomjon Usmonxoʻjayev

Материал из УзЭнц
Inomjon Buzrukxoʻjayevich Usmonxo‘jayev
Inomjon Buzrukxoʻjayevich Usmonxo‘jayev
OʻzSSR KP MK Birinchi kotibi
1983-yildan — 1988-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Sharof Rashidov
Vorisi: Rafiq Nishonov
OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi
1978-yildan — 1983-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Nazar Matchonov
Vorisi: Oqil Salimov
 
Tavalludi: 21-may 1930-yil(1930-05-21)
Fargʻona
Vafoti: 17-mart 2017-yil(2017-03-17)
(86 yoshda)
Fargʻona

Usmonxoʻjayev Inomjon Buzrukovich (1930.21.5, Bagʻdod tumani - 2017.3.17, Farg'ona) — partiya arbobi.

Biografiya[править | править код]

Oʻrta Osiyo politexnika institutining arxitektura fakultetini tugatgan (1955).

Margʻilon shahar bosh meʼmori (1959),

Fargʻona viloyati partiya komiteti instruktori (1960),

Fargʻona viloyati ijroiya qoʻmitasi boshqarma boshligʻi (1961),

Fargʻona shahar ijroiya qoʻmitasi raisi (1962—64),

Sirdaryo viloyati partiya komiteti kotibi (1965-69),

KPSS MK instruktori (1969—72),

Namangan viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi (1972—74),

Andijon viloyati partiya komiteti 1-kotibi (197478),

Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1978—83).

Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1983—88).

U respublikaga rahbarlik qilgan yillarda siyosiy va iqtisodiy vaziyat yomonlashdi, u qatʼiyatsizligi va jurʼatsizligi tufayli Markazning tazyiqiga dosh bera olmay, 1984—88 yillarda Oʻzbekistonning koʻplab xoʻjalik va partiya arboblarini "paxta ishi" va "oʻzbeklar ishi" degan soxta siyosiy ayblovlar natijasida qatagʻon qilinishiga, xalqning milliy gʻururi va qadriyatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyib berdi[1].

Manbalar[править | править код]

  1. Ad: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Oʻzbekiston tarixi (19171981 y.), T., 2002; Azizxoʻjayev A., Chin oʻzbek ishi, T., 2003.