Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (1957-yil 24-iyul, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — Oʻzbekiston Respublikasining umumxalq saylangan Prezidenti (2016-2021).

Mirziyoyev Shavkat Miromonovich
Мирзиёев Шавкат Миромонович
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich
Bayroq
Bayroq
Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti
2016-yil 14-dekabrdan
Hukumat boshlig‘i: Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi: Islom Karimov
Nigʻmatilla Yoʻldoshev (v.b.)
uning oʻzi v.b.
Oʻzbekiston Bosh vaziri
2003-yil 12-dekabrdan — 2016-yil 14-dekabrgacha
Prezident: Islom Karimov
Oʻtmishdoshi: Oʻtkir Sultonov
Vorisi: Abdulla Aripov
Samarqand viloyati hokimi
2001-yil 11-sentabrdan — 2003-yil 11-dekabrgacha
Prezident: Islom Karimov
Oʻtmishdoshi: Erkin Roʻziyev
Vorisi: Rustam Xolmurodov
Jizzax viloyati hokimi
1996-yil 11-sentabrdan — 2001-yil 11-sentabrgacha
Prezident: Islom Karimov
Oʻtmishdoshi: Alisher Toshkenboyev
Vorisi: Ubaydulla Yamanqulov
 
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi: 24-iyul 1957 (1957-07-24) (66 yosh)
Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR
Partiyasi: Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi
Maʼlumoti: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
Ilmiy unvoni: texnika fanlari nomzodi
 
Mukofotlari:

Fidokorona xizmatlari uchun ordeni Mehnat shuhrati ordeni
Danaker ordeni 1-darajali Doʻstiq ordeni

2003-yil 12-dekabrdan 2016-yil 13-dekabrgacha Oʻzbekiston Bosh vaziri, shuningdek 2016-yil 8-sentabrdan Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi. 4-dekabr prezidentlik saylovi natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi. 14-dekabrdagi inauguratsiya marosimidan keyin prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi[1].

Biografiya Править

  • Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi.
  • 1990-yili Sovet Respublikasi Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.
 
Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, 6 sentabr 2016 yil

Xorijiy davlatlarga tashriflari Править

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[7][8]:

# Davlat Tashrif sanasi Sabab
18   AQSH 15-17.05.2018 o'zaro hamkorlik[9][10]
17   Qozogʻiston 15-16.03.2018 Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvi[11]
16   Tojikiston 9-10.03.2018 oʻzaro hamkorlik
15   Koreya Respublikasi 22-25.11.2017 oʻzaro hamkorlik
14   Turkiya 25.10.2017 oʻzaro hamkorlik
13   Rossiya 9.10.2017 MDH sammiti
12   AQSH 19.09.2017 BMT sammiti
11   Turkmaniston 17.9.2017 V Osiyo oʻyinlari marosimi
10   Qozogʻiston 9.9.2017[12] oʻzaro hamkorlik, Expo 2017
9   Qirgʻiziston 5.9.2017 oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari
8   Qozogʻiston 9.6.2017 oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017)
7   Saudiya Arabistoni 22.05.2017 Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti
6   Turkmaniston 20.05.2017 oʻzaro hamkorlik
5   Xitoy 13.05.2017 oʻzaro hamkorlik
4   Qozogʻiston 28.04.2017 oʻzaro hamkorlik
3   Rossiya 05.04.2017 oʻzaro hamkorlik
2   Qozogʻiston 23.03.2017 oʻzaro hamkorlik
1   Turkmaniston 06.03.2017 oʻzaro hamkorlik

Mukofotlari Править

Oilasi Править

Asarlari Править

  • Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent : O‘zbekiston, 2016. — 56 b.
  • Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : O‘zbekiston, 2017. — 104 b.
  • Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: „O‘zbekiston“, 2017. — 48 b.
  • Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: : „O‘zbekiston“, 2017. — 488 b.

Manbalar Править