Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich Мирзиёев Шавкат Миромонович | |||
| |||
---|---|---|---|
2016-yil 14-dekabrdan | |||
Hukumat boshlig‘i: | Abdulla Aripov | ||
Oʻtmishdoshi: | Islom Karimov Nigʻmatilla Yoʻldoshev (v.b.) uning oʻzi v.b. | ||
| |||
2003-yil 12-dekabrdan — 2016-yil 14-dekabrgacha | |||
Prezident: | Islom Karimov | ||
Oʻtmishdoshi: | Oʻtkir Sultonov | ||
Vorisi: | Abdulla Aripov | ||
| |||
2001-yil 11-sentabrdan — 2003-yil 11-dekabrgacha | |||
Prezident: | Islom Karimov | ||
Oʻtmishdoshi: | Erkin Roʻziyev | ||
Vorisi: | Rustam Xolmurodov | ||
| |||
1996-yil 11-sentabrdan — 2001-yil 11-sentabrgacha | |||
Prezident: | Islom Karimov | ||
Oʻtmishdoshi: | Alisher Toshkenboyev | ||
Vorisi: | Ubaydulla Yamanqulov | ||
Fuqaroligi: | Oʻzbekiston | ||
Tavalludi: | 24-iyul 1957 (66 yosh) Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR | ||
Partiyasi: | Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi | ||
Maʼlumoti: | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti | ||
Ilmiy unvoni: | texnika fanlari nomzodi | ||
Mukofotlari: |
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (1957-yil 24-iyul, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — Oʻzbekiston Respublikasining umumxalq saylangan Prezidenti (2016-2021).
2003-yil 12-dekabrdan 2016-yil 13-dekabrgacha Oʻzbekiston Bosh vaziri, shuningdek 2016-yil 8-sentabrdan Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi. 4-dekabr prezidentlik saylovi natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi. 14-dekabrdagi inauguratsiya marosimidan keyin prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi[1].
Biografiya[править | править код]
- Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi.
- 1990-yili Sovet Respublikasi Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.
- 1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
- 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi.
- 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
- 1995-2003 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.
- 2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi[2][3] va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
- 2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.
- 2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildi.[4]
- 2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasining VIII syezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi[5].
- 2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi[6].
- 2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.
Xorijiy davlatlarga tashriflari[править | править код]
Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[7][8]:
# | Davlat | Tashrif sanasi | Sabab |
---|---|---|---|
18 | AQSH | 15-17.05.2018 | o'zaro hamkorlik[9][10] |
17 | Qozogʻiston | 15-16.03.2018 | Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvi[11] |
16 | Tojikiston | 9-10.03.2018 | oʻzaro hamkorlik |
15 | Koreya Respublikasi | 22-25.11.2017 | oʻzaro hamkorlik |
14 | Turkiya | 25.10.2017 | oʻzaro hamkorlik |
13 | Rossiya | 9.10.2017 | MDH sammiti |
12 | AQSH | 19.09.2017 | BMT sammiti |
11 | Turkmaniston | 17.9.2017 | V Osiyo oʻyinlari marosimi |
10 | Qozogʻiston | 9.9.2017[12] | oʻzaro hamkorlik, Expo 2017 |
9 | Qirgʻiziston | 5.9.2017 | oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari |
8 | Qozogʻiston | 9.6.2017 | oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017) |
7 | Saudiya Arabistoni | 22.05.2017 | Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti |
6 | Turkmaniston | 20.05.2017 | oʻzaro hamkorlik |
5 | Xitoy | 13.05.2017 | oʻzaro hamkorlik |
4 | Qozogʻiston | 28.04.2017 | oʻzaro hamkorlik |
3 | Rossiya | 05.04.2017 | oʻzaro hamkorlik |
2 | Qozogʻiston | 23.03.2017 | oʻzaro hamkorlik |
1 | Turkmaniston | 06.03.2017 | oʻzaro hamkorlik |
Mukofotlari[править | править код]
- Mehnat shuhrati ordeni
- Doʻstlik ordeni
- Danaker ordeni {Qirgʻiziston)
- 1-darajali Doʻstiq ordeni (Qozogʻiston)
Oilasi[править | править код]
- Otasi — Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan[13]
- Onasi (ismi nomaʼlum) — sil kasalliklari dispanseri shifokori boʻlgan. 1960-yillarda vafot etgan. Oʻgay onasi 2016-yilda vafot etgan[14].
- Ukasi va ikki nafar opasi ham bor.
- Turmush oʻrtogʻi — Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi[15].
- Qizi — Mirziyoyeva-Shaxanova Shahnoza Shavkatovna, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirining yordamchisi vazifasida ishlaydi. Turmush oʻrtogʻi Shaxanov Otabek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati zobiti.
- Qizi — Mirziyoyeva Saida Shavkatovna. Turmush oʻrtogʻi — Tursunov Oybek Botirovich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari.
- Oʻgʻli — Alisher.
Asarlari[править | править код]
- Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent : O‘zbekiston, 2016. — 56 b.
- Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : O‘zbekiston, 2017. — 104 b.
- Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: „O‘zbekiston“, 2017. — 48 b.
- Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: : „O‘zbekiston“, 2017. — 488 b.
Manbalar[править | править код]
- ↑ Mirziyoyev prezident sifatida qasamyod qildi
- ↑ Biografiya
- ↑ Biografiya
- ↑ Yoʻldoshev
- ↑ Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi | OʻzLiDeP
- ↑ Saylov natijalari
- ↑ Xorijga tashriflar
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/04/22/savkat-mirzieevning-halkaro-tasriflari-sarisob-va-kejingi-davlatlar
- ↑ https://kun.uz/news/2018/05/10/savkat-mirzieevning-aksga-ilk-rasmij-tasrifi-anik-sanasi-malum-buldi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/05/14/prezidentning-aksga-tasrifi-doirasida-85-milliard-dollarlik-sartnomalar-imzolanisi-kutilmokda
- ↑ [https://m.kun.uz/news/2018/03/13/savkat-mirzieevning-navbatdagi-horizij-tasrifi-bujica-rasmij-malumot-berildi
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/09/09/savkat-mirzieev-ostona-sariga-etib-bordi
- ↑ Zomin tumani
- ↑ Skonchalas mat premer-ministra Uzbekistana Shavkata Mirziyaeva | TsentrAziya
- ↑ Ziroatxon Hoshimova
|
|
|
|
|
Категории:
- 24-iyulda tugʻilganlar
- 1957-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Danaker ordeni kavalerlari
- Qozogʻistonning Doʻstlik ordeni sohiblari
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Vikipediya:VikiOmborda illustratsiyalari yoʻq davlat arboblari haqida maqolalar
- Барча чала мақолалар
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Oʻzbekiston Bosh vazirlari
- Oʻzbekiston Prezidentlari
- Oʻzbekiston:Yetakchilar
- Bosh vazirlar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Prezidentlar