Mirzo Ulugʻbek

Материал из УзЭнц
Mirzo Ulugʻbek
Tavalludi 22-mart 1394-yil(1394-03-22)
Sultoniya, Ozarbayjon
Vafoti 27-oktabr 1449-yil(1449-10-27)
(55 yoshda)
Samarqand yaqinida
Istiqomat joylari Koʻk Saroy, Samarqand
Millati turkiy (oʻzbek)
Sohasi Siyosat, astronomiya, matematika
Mashhur ishlari Ziji jadidi Koʻragoniy nomli asar, sferik geometriya, trigonometriya
[[File:{{{imzo}}}|150px|alt={{{imzo_izoh}}}|{{{imzo_izoh}}}]]

Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon — Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruhning oʻgʻli. Buyuk Oʻzbek astronomi (Yulduzshunos) va matematigi.

Ulugʻbek 1411-yildan 1449-yilgacha bugungi Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Janubiy Qozogʻiston, Eron va Afgʻoniston Turkistonida hukmdorlik qilgan.

Shaxsiyati[править | править код]

Mirzo Ulugʻbek oʻn beshinchi asrning nobigʻasi, Amir Temurning sevimli nabirasi va Shohrux Mirzoning oʻgʻli boʻlib, asl ismi Muhammad Taragʻaydir. Yoshligidan uni „Ulugʻ bek“ deya izzat qilishgan va yosh shahzoda keyinchalik ayni shu nom bilan mashhur boʻlgan. Xat-savod, diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari yosh Muhammad Taragʻayga begona emas edi. U Buyuk Yulduz bilimdoni va riyoziydon boʻlgan, Qur'oni Karimni yoddan bilgan. Ulugʻbekning onasi Gavharshod begim boʻlsa ham, Temur saroyida hukm surgan anʼanaga ko‘ra shahzoda sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim tarbiyasiga topshiriladi. 3-4 yoshlaridayoq shayx Orif Ozariy unga murabbiy qilib tayinlanadi. U yoshligini koʻpincha Oʻrta Sharq va Hindistonda oʻtkazgan boʻlib Amir Temur oʻlimidan keyin Samarqand yaʼni Koshgʻarli Mahmudga koʻra Samizkentda yerlashgan. Keyinchalik Otasi Shohrux Mirzo Hirotni oʻz davlatining boshkenti etib tayinlagach, oʻn olti yoshlik Ulugʻbek 1409-yilda Samarqand boshchisi boʻlib, 1411-yilda esa Movarounnahr xonliklarining erkin hukumdori boʻlgan.

Hukmdorlik yillari[править | править код]

Temur vafotidan soʻng temuriylar oʻrtasida hokimiyat uchun jang avj oldi. Kurashlar natijasida Xuroson va Movarounnahrda ikki mustaqil davlat yuzaga keldi. 1409-yilda Ulug‘bek markazi Samarqand bo‘lgan Movarounnahrga hukmdor boʻldi. Ulug‘bek bobosi kabi harbiy yurishlar qilmadi. 1425-yilda Shermuhammadxonni yengib, 1427-yilda Baroqxonga magʻlub boʻlgach, 20 yil mobaynida harbiy yurish amalga oshirmadi.

Meʼmorchilik ishlari[править | править код]

Mirzo Ulugʻbekning Samarqanddagi observatoriyasi

Mirzo Ulugʻbek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishi bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda va 1433-yilda Gʻijduvonda madrasalar barpo etildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, Ulugʻbek karvonsaroy, tim, chorsu, hammom kabi talay jamoat binolari ham barpo ettirgan. Samarqanddagi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Koʻhak tepaligida bunyod etilgan.

Ilmiy-madaniy merosi[править | править код]

Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish "Ziji jadidi Koʻragoniy" deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulug‘bek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) „Ziji jadidi Koʻragoniy“ — astronomiyaga oid; 2) „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“ — matematikaga oid; 3) „Risolayi Ulug‘bek“ — yulduzlarga bag‘ishlangan; 4) „Tarixi arba’ ulus“ (To‘rt ulus tarixi) — tarixga oid.

Astronomiya (Yulduzlar bilimi)[править | править код]

Mirzo Ulugʻbek sharafiga SSSR pochta markasi.

U 1437-yilda 994 yulduz toʻplamini "Ziji sultoniy" asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan. Ulug'bek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va u yuz yillar boʻyicha eng toʻg'ri va aniq oʻlcham deb topilgan[1].

Matematika[править | править код]

Uchburchaklar bilimida esa Ulugʻbek soya va tanjont qimatlarini sakkiz o'nlik kasr ya sakkiz xona aʼshoryagacha aniq belgilagan.

Ulugʻbek davrida ko‘pgina asarlar arab va fors tilidan eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada 15000 dan ortiq kitob boʻlgan.

Oʻlimi[править | править код]

Otasi Shohrux Mirzo oʻlimidan keyin Ulugʻbek Balxga yurish qildi, chunki Mirzo Alavuddavla ibn Boysunqur Mirzo Hirotdagi Temuriylar hukmdorligiga daʼvogarlik qilgan edi. Murgʻobda boʻlib oʻtgan ushbu toʻqnashuvda Ulugʻbek gʻolib boʻlib Hirot tomon harakat qildi, ammo Alauddavlaning akasi Mirzo Abul Qosim Babur bilan boʻlgan toʻqnashuvda magʻlubiyatga uchrashib, Balxga qaytib kelgach oʻz oʻgʻli Abdullatifni fitnasi tufayli 1449-yilda oktyabrning 27-sanasida, yaʼni 55 yoshida Samarqand yaqinida oʻldirildi[2]. Ulugʻbekning yaqinlaridan biri Abdulloh, uni Samarqandning Amir Temur maqbarasi ziyoratgohida keltirgan. 1830 - yilda olmon Yulduzshunoslari Johann Heinrich von Mädler oyda bor boʻlgan kraterlarning birini Ulugʻbek nomiga musammo qildi.

Izohlar[править | править код]

  1. Hugh Thurston, Early Astronomy, (New York: Springer-Verlag), p. 194, ISBN 0-387-94107-X
  2. Stevens, John. The history of Persia. Containing, the lives and memorable actions of its kings from the first erecting of that monarchy to this time; an exact Description of all its Dominions; a curious Account of India, China, Tartary, Kermon, Arabia, Nixabur, and the Islands of Ceylon and Timor; as also of all Cities occasionally mentionʼd, as Schiras, Samarkand, Bokara, &c. Manners and Customs of those People, Persian Worshippers of Fire; Plants, Beasts, Product, and Trade. With many instructive and pleasant digressions, being remarkable Stories or Passages, occasionally occurring, as Strange Burials; Burning of the Dead; Liquors of several Countries; Hunting; Fishing; Practice of Physick; famous Physicians in the East; Actions of Tamerlan, &c. To which is added, an abridgment of the lives of the kings of Harmuz, or Ormuz. The Persian history written in Arabick, by Mirkond, a famous Eastern Author that of Ormuz, by Torunxa, King of that Island, both of them translated into Spanish, by Antony Teixeira, who livʼd several Years in Persia and India; and now renderʼd into English

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]

Temuriylar sulolasi

Movаrounnahr
Amir Temur (1370 - 1405)
Shohruh (1405 - 1447)
Mirzo Ulugʻbek (1447 - 1449)
Bobur (1449 - 1457)
Maxmud (1457 - 1459)
Abu Said (1459 - 1469)
Yadig`or Mohammad (1469 - 1470)
Husayn Boyqaro (1470 - 1506)
Badi O`z-Zamon (1506)