Nasriddinova, Yodgor Sodiqovna

Версия от 14:04, 4 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "[[Fayl:" to "[[File:")
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Nasriddinova Yodgor Sodiqovna (1920-yil, 26-dekabr, Qoʻqon — 2006-yil 7-mart, Moskva) — sovet va oʻzbek davlat va jamoat arbobi.

Moskva shahridagi Yodgor Nasriddinova qabri

Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan (1941). Toshkent temir yoʻl bekatida muhandis (1941 — 42). Komsomol va partiya organlarida rahbar lavozimlarda (1942—52).

Oʻzbekiston SSR qurilish materiallari sanoati vaziri (1952—55), Sovet Respublikasi Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari (1955—59), Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidumining raisi (1959—70).

1970—74 yillarda Sovet Ittifoqi Oliy Soveti Millatlar Soveti raisi boʻlib ishladi. Oʻzbekiston SSR KP 1-sekretari Sharof Rashidov qoʻllab-quvvatlamagani tufayli, qayta saylov paytida boshqa ishga oʻtkazilgan.

SSSR Qurilish materiallari sanoati vaziri oʻrinbosari (1974—78).

1978-2006 yillarda nafaqada.[1]

Manbalar Править

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil