Oʻzbekiston: различия между версиями
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (1 revision imported: Oʻzbekiston) |
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (Text replacement - "[[Fayl:" to "[[File:") |
||
(не показаны 3 промежуточные версии 2 участников) | |||
Строка 11:
== Geografiya ==
Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimolidan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U [[gʻarb]]dan va [[shimol]]dan [[Qozogʻiston]] (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, [[sharq]]dan [[Qirgʻiziston]] (chegara uzunligi 1099 km.) va [[Tojikiston]] (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, [[janub]]dan esa [[Turkmaniston]] (chegara uzunligi 1621 km.) va [[Afgʻoniston]] (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh.
[[
== Demografiyasi ==
[[
{{asosiy|Oʻzbekiston demografiyasi}}
[[
Oʻzbekiston aholisi ↗32,650,200 kishini tashkil qiladi (2018-yil, yil boshiga). Aholining aksariyat qismi (83,7 %<ref name="Сведения о Республике Узбекистан">Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : [http://www.stat.uz/upload/iblock/f0f/Uzb_ru.pdf Svedeniya o Respublike Uzbekistan]</ref> dan koʻprogʻi — 26,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa [[Andijon]] viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq [[ruslar]], [[qozoqlar]], [[tojiklar]]; 500ming [[tatarlar]], [[qirgʻizlar]], [[qoraqalpoqlar]]dan tashqari [[forslar]] (200 ming), [[koreyslar]] (200 ming), [[ukrainlar]] (150 ming), [[turkmanlar]] (150 ming), [[ermanilar]] (100 ming), [[arablar]] va [[loʻlilar]] (500 ming) va boshqalar. Aholining 51 % shaharlarda va 49 % — qishloqlarda istiqomat qiladi.
Строка 89:
== Davlat va Siyosat ==
[[
=== Milliy bayramlar ===
Строка 126:
== Viloyatlar ==
[[
{{Main|Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi}}
Строка 201:
Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.
[[
{{clear}}
== Transport ==
[[
* [[Toshkent xalqaro aeroporti]]
* [[Toshkent mahalliy aeroporti]]
Строка 251:
Image:Medrese Barakhan 13-21.JPG
</gallery>
== Manbalar ==
Строка 278 ⟶ 275 :
{{Yerosiyo Iqtisodiy Hamkorligi}}<!--Yevrosiyo ga o'zgartira olmadim Sf7.uz -->
[[
[[
[[
|
Текущая версия от 14:05, 4 июля 2021
Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Oʻrta Osiyoning markaziy qismidagi mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — Oʻzbek tili. Maydoni — 448,900[4] km2. Aholi soni (2018) — ↗32.650.200[5] . Pul birligi — soʻm.
-{Oʻzbekiston Respublikasi}- -{-{Ўзбекистон Республикаси}-}- | |||||||||||||
Shior: Kuch adolatdadir | |||||||||||||
Madhiya: Serquyosh, hur oʻlkam... | |||||||||||||
Poytaxt | Toshkent | ||||||||||||
Rasmiy til(lar) | oʻzbekcha, qoraqalpoqcha | ||||||||||||
Hukumat | Prezidentlik Respublika | ||||||||||||
| |||||||||||||
| |||||||||||||
Maydon | |||||||||||||
• Butun | 448 978 -{km²}- (56-) | ||||||||||||
• Suv (%) | 4,9 | ||||||||||||
Aholi | |||||||||||||
• 2013 roʻyxat | 30 183 400[1][2] (41- oʻrin) | ||||||||||||
• Zichlik | 61,4 kishi/-{km²}- | ||||||||||||
YaIM (XQT) | 2014- yil roʻyxati | ||||||||||||
• Butun | $123,577 mlrd.[3] (-) | ||||||||||||
• Jon boshiga | $4 037 | ||||||||||||
Pul birligi | Oʻzbek soʻmi (UZS )
| ||||||||||||
Vaqt Mintaqasi | (-{UTC}-+5) | ||||||||||||
• Yoz (-{DST}-) | (-{UTC}-+6) | ||||||||||||
Qisqartma | -{UZ, UZB}- | ||||||||||||
Internet domen | -{.uz}- | ||||||||||||
Telefon prefiksi | +998
| ||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.
Oʻzbekiston — mustaqil, demokratik, dunyoviy, konstitutsiyaviy davlat. Mamlakatning rasmiy tili Oʻzbekcha. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT aʼzosidir.
Tarixi Править
Geografiya Править
Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimolidan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh.
Demografiyasi Править
Oʻzbekiston aholisi ↗32,650,200 kishini tashkil qiladi (2018-yil, yil boshiga). Aholining aksariyat qismi (83,7 %[4] dan koʻprogʻi — 26,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 500ming tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 51 % shaharlarda va 49 % — qishloqlarda istiqomat qiladi.
Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 83,7 %[4] ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.
Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 42 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 51 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.[6]
Etnik tarkibi Править
Maʼlumot 2018-yilga tegishli:
Millat | Soni |
---|---|
Oʻzbeklar | 26 mln. 300 ming kishi (Jami aholining 83 %) |
Tojiklar | 1 mln. 300 ming kishi |
Qozoqlar | 750ming kishi |
Ruslar | 770 ming kishi |
Qoraqalpoqlar | 750ming kishi |
Tatarlar | 500 ming kishi (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 700 mingga yaqin) |
Qirgʻizlar | 232 ming kishi |
Koreyslar | 178 ming kishi |
Turkmanlar | 152 ming kishi |
Ukrainlar | 105 ming kishi |
Armanlar | 42 ming kishi |
Ozarbayjonlar | 36 ming kishi |
Forslar | 30 ming atrofida |
Uygʻurlar | 20 ming atrofida |
Beloruslar | 20 ming atrofida |
Qrim tatarlari | 10 ming atrofida (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 90 mingga yaqin) |
Yahudiylar | taxminan 20 — 30 ming kish |
Turklar | 10 ming atrofida |
Olmonlar | 7.9 ming kishi |
Yunonlar | 10 mingdan ozroq |
Madaniyat Править
Oʻzbekiston fuqarosi pasport orqali aniqlanadi. Qadimdan Oʻzbekiston yeri Oʻrta Osiyoda madaniyat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Bu yurtdan chiqqan olim va shoirlar butun dunyoni qoyil qoldirgan. Hozir ham davlat tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar natijasida Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasi rivojlanmoqda. Oʻzbek kinolari xalqaro kinofestivallarning gʻolibi boʻlmoqda. Oʻzbekistonda ayniqsa qoʻshiqchilik sanʼati keng rivojlangan. Oʻzbek primadonnasi nomini olgan Yulduz Usmonovani nafaqat Oʻrta Osiyoda, balki butun dunyo boʻylab muxlislarini topish mumkin. Shu qatorga yana Ozodbek Nazarbekov larni qoʻshish mumkin.
Din Править
- Asosiy maqola: Oʻzbekistonda din.
Aholining koʻpchilik qismi Islom dinining Hanafiya (sunniylar) mazhabidagi musulmonlardir, aholining bir qismi Islom dinining Shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Bundan tashqari mamlakatda xristian dinining provoslavlar, katoliklar, protestantlar, lyuteryanlar, Arman Apostol Cherkovi, Yahova Shohidlari, Baptistlar, Yettinchi Kun Adventistlari, Koreys Xristianlari va boshqa mazhablari ham bor. Yahudiylik, Buddistlik, Krishnaitlar, Baxailar va boshqa dinlar ham Oʻzbekistonda mavjud.
- 88,4 %--Islom (Hanafiylar, Sunniylar - 87,1%) va ( Shialar - 1,3 %)
- 4,8 %-- Xristian (Pravoslavlar)
- 2,4 %-- Xristian (Katoliklar, Protestantlar, Lyuteryanlar va boshqa xristian mazhablari)
- 0,8 %-- Yahudiylar
- 4,2 %-- Boshqa Dinlar
Taʼlim Править
Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qatʼiy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Davlat va Siyosat Править
Milliy bayramlar Править
1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan:
- 1 Yanvar — „Yangi Yil Bayrami“
- 14 Yanvar — „Vatan Himoyachilari kuni“
- 8 Mart — „Xalqaro Xotin-Qizlar kuni“
- 21 Mart — „Navroʻz Bayrami“
- 9 May — „Xotira va Qadrlash kuni“
- 1 Sentyabr — „Mustaqillik kuni“
- 1 Oktyabr — „Oʻqituvchi va Murabbiylar kuni“
- 8 Dekabr — „Konstitutsiya kuni“
- 31 Dekabr — „Yangi~Yil rasman“
- * Ramazon Hayit (Iyd-al-Fitr) bayrami
- Qurbon Hayit (Iyd-al-Adha) bayrami
Xalqaro Munosabatlar Править
Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega:
- BMT
- Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi
- BMTning milliyxalqlar Fondi
- Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi
- BMTning bolalar fondi vakolatxonasi — UNICEF
- BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi
- Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO
- Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti- EXHT /ОSCЕ
- Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC
- Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasining vakolatxonasi — Red Cross
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar: Править
- Jahon banki vakolatxonasi — JB/World Bank
- Xalqaro valyuta fondi vakolatxonasi — HVH/IMF
- Еvrоpа Tiklаnish vа Tаrаqqiyot Bаnki vakolatxonasi
- Xalqaro Moliya korporatsiyasi vakolatxonasi
- Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonasi
Viloyatlar Править
- Asosiy maqola: Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi.
Oʻzbekiston 12 ta viloyat , (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent), Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.
Boʻlinishi | Markazi | Maydoni (kv.km) | Aholisi | Raqam |
---|---|---|---|---|
Andijon viloyati | Andijon | 4,200 | 3,105,000 | 2 |
Buxoro viloyati | Buxoro | 39,400 | 1,384,700 | 3 |
Fargʻona viloyati | Fargʻona | 6,800 | 3.620.100 | 4 |
Jizzax viloyati | Jizzax | 20,500 | 910,500 | 5 |
Xorazm viloyati | Urganch | 6,300 | 1,200,000 | 13 |
Namangan viloyati | Namangan | 7,900 | 2,000,123 | 6 |
Navoiy viloyati | Navoiy shahri | 110,800 | 767,500 | 7 |
Qashqadaryo viloyati | Qarshi | 28,400 | 3,149,000 | 8 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Nukus | 160,000 | 1,200,000 | 14 |
Samarqand viloyati | Samarqand | 16,400 | 3,714,800 | 9 |
Sirdaryo viloyati | Guliston | 5,100 | 648,100 | 10 |
Surxondaryo viloyati | Termiz | 20,800 | 1,676,000 | 11 |
Toshkent shahri | Toshkent shahri | 3,338 | 2,340,900 | 1 |
Toshkent viloyati | Toshkent shahri | 15,300 | 4,450,000 | 12 |
Tabiiy resurslar Править
O‘zbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.
Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilg‘ining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qo‘ngʻir va yarim kokslanadigan ko‘mir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning ko‘p turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir.
Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.
Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra O‘zbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.
Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha oltinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi.
Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.
Transport Править
Qurolli kuchlari Править
O`zbekiston respublikasi qurolli kuchlari 2015-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 48-oʻrinni egallaydi.[7] Bu haqda yangilangan Global Firepower reytingida axborot berilgan.[8]
Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2014 yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420ta tank, 715ta BTR (zirhli transport vositasi), 109ta raketa tizimlari, 69ta qiruvchi samolyot, 65ta vertolyot, xususan, 25ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi.[9]
GFP Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sayti, MRBning World Factbook toʻplami maʼlumotlari, „Vikipediya“ va ochiq manbalardagi boshqa maʼlumotlarga asoslanib tuzib chiqqan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.
MDH, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Gruziya orasida Oʻzbekiston Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (21-oʻrin)dan keyingi 3-oʻrinni band etgan. Ozarbayjon (50-oʻrin), Belarus (52), Gruziya (64), Qozogʻiston (80), Estoniya (96), Litva (103) oʻrin olgan. Armaniston, Moldova, Latviya kabi mamlakatlar reytingga kiritilmagan.
Reytingga koʻra, AQSh armiyasi eng qudratli deb topilgan boʻlsa, Rossiya va Xitoy armiyasi kuchli uchlikdan oʻrin olgan. Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya armiyasi esa kuchli oʻnlikka kirgan.
Qayd etish joiz, GFPʼning 2014 yilgi reytingida ham Oʻzbekiston 48-oʻrinda borayotgan edi.[10]
Taniqli shaxslar Править
- Davlatbek Rahmonov (1949 — 2006) — Oʻzbekiston prokuraturasi tizimi xodimi va jamoat аrbobi, Andijon tumani Kengashi deputati, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash olib borgan va qurboni boʻlgan.
- Azizullo Izzatullayev (1925 — 1991) — Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
- Darvishbek Rahmonov (8.04.1952) — "Qaldirgʻoch" namunali sirk gruppasi asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari va Oʻzbekistonning taniqli sirk sanʼati аrbobi.
Galereya Править
Manbalar Править
- ↑ Official population 5 September 2013 (Russian). Stat.uz (5 September 2013). 6 September 2013.
- ↑ Численность населения Узбекистана превысила 30 млн. человек (Russian). Uzreport.com (5 September 2013). 6 September 2013.
- ↑ Uzbekistan reports. International Monetary Fund
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Svedeniya o Respublike Uzbekistan
- ↑ Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Informatsionnaya slujba Goskomstata : Demograficheskie dannie — Novosti GKS
- ↑ www.gov.uz
- ↑ Ўзбекистон жаҳоннинг қудратли армиялари рейтингида Қозоғистонни 32 ўринга ортда қолдирди
- ↑ Countries Ranked by Military Strength (2015)
- ↑ Uzbekistan Military Strength
- ↑ Ўзбекистон жаҳоннинг энг қудратли армиялари рейтингида 48-ўринни эгаллади
Havolalar Править
- Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Portali
- Oʻzbekiston Milliy Axborot Agentligi
- „Jahon“ axborot agentligi
- Oʻzbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi
- Oʻzbekistonning Facebook sahifasi
- Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
- Sayoxat znachit puteshestviye — Fotografii Uzbekistana, Kazaxstana, Turkmenistana
- Vzglyad na Uzbekistan — blogpost
- Vi rodom iz Tashkenta, yesli…
- Vi rodom iz Tashkenta, yesli (chast 2)…