Sugʻd tili

Материал из УзЭнц
Sugʻd tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Sugʻd tilieroniy tillarning shim.sharqiy guruhiga mansub ulik til. Zarafshon daryosi vodiysi (hozirgi Oʻzbekiston va Tojikiston hududi)da joylashgan Sugʻd (Sugʻdiyona) davlatining rasmiy tili hisoblangan. "Sugʻd" toponimi qad. yozma manbalardan "Avesto"da uchraydi. Xitoy manbalarining guvox^lik berishicha, 89-a.lar (Sugʻd tilining asosiy yozma yodgorliklari yaratilgan davr)da St. asosiy yozma va ogʻzaki aloqa tili hisoblangan. Keyinchalik, arablar bosqinidan sung , St. arab, klassik fors (tojik) tillari hamda turkiy tillar tomonidan siqib chiqarilgan. Sugʻd tili ning uzilkesil yoʻqolishi 1213 a.larga toʻgʻri keladi. Bu tilning baʼzi (asosan lugʻaviy) unsurlari hozirgi oʻzbek va tojik tillariga singib ketgan.

Sugʻd tili bir necha sheva va lahjalarga boʻlingan. Sugʻdiyona hamda uning Gʻarbiy Xitoydagi mustamlakalarida topilgan yodgorliklar tili sugʻdiy shevalarning gʻarbiy guruhini aks ettiradi. Sharqiy sugʻd tarmogʻi esa rivojlanib, hozirgi yagʻnob tiliga asos boʻlgan.

Sugʻd tili vokalizmi choʻziqligi jihatidan oʻzaro qaramaqarshi qoʻyiluvchi 5 juft unli (a—a, i—i, u—u, e—e, oʻ— oʻ), 2 juft diftong va oʻz juftiga ega boʻlmagan e fonemasidan, konsonant tizimi esa 19 fonemadan iborat boʻlgan. Grammatik qurilishida analitik belgilar bilan bir qatorda qad. flektiv turga xos xususiyatlar ham mavjud boʻlgan.

Sugʻd yozuvi qad. oromiy yozuvi asosida mil. 1-a. boshlarida shakllangan. Turli davrlarda oʻzgarib borganligi tufayli bir necha koʻrinishga ega. Eng qad. yodgorliklari 24-a. larga mansub. Ular Sharqiy Turkiston, Tojikiston (Mugʻ qalʼa harobasi), Afrosiyob, Toshkent, Quva va boshqa joylarda topilgan. Afrosiyobdan topilgan 16 satrli hujjat matni 7-a. oʻrtalaridagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti haqida qiziqarli maʼlumot beradi.