Said-Karim Ziyadullayev (рус. Саид-Карим Зиядуллаев; 1913-yil 15-oktabr, Toshkent — 2003-yil 19-avgust, Toshkent) — sovet xoʻjalik, davlat va siyosat arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiki. KPSS aʼzosi.

Biografiyasi Править

Moskva kommunal qurilish institutini tugatgan (1938).

  • Oʻzbekiston SSR Qurilish materiallari sanoati vaziri (1946—48),
  • Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari va Davlat plan komitetining raisi (1948-55; 1957-74),
  • Oʻzbekiston shahar va qishloq qurilishi vaziri (1955—56),
  • Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari va Mirzachoʻl yerlarini sugʻorish va oʻzlashtirish Bosh boshqarmasi boshligʻi (1956—57).
  • Oʻzbekiston FA ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi raisi (1974—89),

Ilmiy ishlari Oʻzbekiston SSR (yaʼni bevosita OʻzR) sanoati va uni rivojlantirish masalalari, rejalashtirish, kapital qurilish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, muammolariga bagʻishlangan.

OʻzR «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1994).[1]

Manbalar Править

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil