Akmal Ikromov: различия между версиями

Материал из УзЭнц
м (vikifikatsiya, imlo using AWB)
 
м (1 revision imported)
(нет различий)

Версия от 20:40, 20 мая 2018

Akmal Ikromovich Ikromov
Akmal Ikromovich Ikromov
SSSR pochta markasi (1968-yil)
Bayroq
Bayroq
Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining Bosh kotibi
1929-yildan — 1937-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Isaak Zelenskiy
Vorisi: Usmon Yusupov
 
Tavalludi: 1898
Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti: 15.03.1938
Moskva, RSFSR
 
Mukofotlari:
40px|Lenin Ordeni

Ikromov Akmal Ikromovich (1898-yil, Toshkent — 1938-yil 15-mart) — davlat va siyosat arbobi. O’zbekiston hukumat rahbarlaridan biridir.

Biografiya

Ikromov Akmal 1898-yil Toshkent shahrining Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent shahrida oʻqituvchi (1918-1919), „Izchillar toʻdasi“ va „Chigʻatoy gurungi“ aʼzosi, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919-1921). Turkiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921-1922). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida tashabbuskorlik qilgan. 1922-1924-yillarda Moskvadagi Kommunistik universitetda oʻqidi. 1925-yil yanvardan Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi. 1925-yil fevraldan Oʻzbekiston Kommunistlar Partiyasi Markaziy Kengashi kotibi, birinchi kotibi (1929-yil dekabr — 1937-yil sentabr). 1931-1934-yillarda Butun ittifoq kommunistlar partiyasi markaziy kengashining O’rta Osiyo byurosi kotibi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi, 1925-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi aʼzoligiga nomzod. OʻzSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi (1925-1937).

A. Ikromov 1919-1924-yillarda imkoniyati doirasida oʻzbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurashgan. U mohir publitsist sifatida Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini, xususan paxtachilikni rivojlantirishga, madaniy qurulishga doir koʻplab nazariy maqolalar, ilmiya asarlar yozgan. Ikromov oʻz faoliyati davomida Oʻrta Osiyo byurosi va Markazning koʻrsatmalariga amal qilishga majbur boʻlgan. 1925-1927-yillarda oʻn sakkizlar guruhi, inogʻomovchilikka qarshi gʻoyaviy kurash olib borgan. Oʻzbekistonda yer-suv islohati, majburiy jamoatlashtirish, respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va boshqa tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni „burjua millatchiligi“ da ayblagan. Ikromov garchi bolshevistik gʻoyadan chekinmagan boʻlsa-sa, mustabid tuzum qatagʻonchilari uni ayab oʻtirmadilar. 1937-yil sentabrda Toshkentda qamoqqa olindi. Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ deb atalgan ish boʻyicha Moskvada sud qilinib, sobiq SSSRni boʻlib yuborish, jumladan, Oʻrta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agʻdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblandi va otib tashlandi.

1957-yil 3-iyunda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi A. Ikromovni aybsiz deb topdi va u oqlandi. Ikromov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent shahridagi tumanga, yirik koʻchaga, mahallalar va maktablarga uning nomi berilgan. Toshkent va Samarqandda haykali oʻrnatilgan.


Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar