Lenin, Vladimir Ilyich

Материал из УзЭнц
Версия от 11:04, 22 апреля 2020; Sf7 uz (обсуждение | вклад) („'''Vladimir Ilyich Lenin''' ({{Lang-ru|Влади́мир Ильи́ч Ле́нин (настоящая фамилия — Улья́нов)}}; haqiqiy...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Vladimir Ilyich Lenin (рус. Влади́мир Ильи́ч Ле́нин (настоящая фамилия — Улья́нов); haqiqiy familyasi Ulyanov, 1870-yil 10(22)-aprel, Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk shahri), Rossiya imperiyasi — 1924-yil 21-yanvar, Gorki qishlogʻi, Moskva Guberniyasi, RSFSR, SSSR) — rus inqilobchi va sovet davlat arbobi, katta marksizm teoretiki. 1917-yildagi Oktabr inqilobining bosh tashkilotchisi va boshligʻi, birinchi sotsialistik davlat yaratuvchisi.

U, shuningdek, Rossiya bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining asoschisi, RSFSR va SSSR Xalq komissarlari soveti (hukumat) raisi, faylasuf, marksistchi, nashriyotchi, marksizm-leninizm yoʻnalishining asoschisi, uchinchi kommunistik internatsionalning tashkilotchisi.

Asosiy izlanish ishlari sohasi — falsafa va iqtisodiyot.

Biografiyasi

Sankt-Peterburg «Ishchilar klassini ozod qilish uchun kurash soyuzi»ni tuzishda qatnashgan. 1895-yil RSDRPning 2-syezdi (1903)da bolsheviklar partiyasiga boshchilik qilgan. 1907 yildan muhojirlikda yashadi. 1917 yil aprelda Petrogradga kelib, sotsialistik inqilob yoʻlini ilgari surdi. Petrogradda Oktyabr inqilobi (1917 yil 7-noyabr)ga rahbarlik qildi.

Sovetlarning 2-Butun Rossiya syezdida XKSga rais boʻldi. 1922-yilda Leninning sogʻligʻi yomonlashdi va shu yil dekabr oyidan eʼtiboran siyosiy faoliyatda qatnashmadi.

Asarlari

Asosiy asarlari:

  • «Rossiyada kapitalizmning taraqqiysi» (1899);
  • «Nima qilmoq kerak?» (1902);
  • «Materializm va empiriokrititsizm» (1908);
  • «Imperializm kapitalizmning yuqori bosqichi» (1916);
  • «Davlat va revolyutsiya» (1917).

Leninning jasadi Moskvaning Qizil maydonidagi mavzoleyga qoʻyilgan.

Lenin oʻz siyosiy faoliyatida Oʻrta Osiyoga bolshevizm gʻoyalarini tarqatishga, mintaqani sovetlashtirishga Lenin va Stalin katta eʼtibor qaratdi. Leninning tashabbusi bilan Turkkomissiya (1919), Turkbyuro (1920), RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (1922) kabi Markazning nazorat qiluvchi organlari tuzildi va Toshkentga yuborildi. Leninning 1920 yil 13 iyundagi koʻrsatmasiga koʻra, mintaqasini natsional priznakga koʻra davlatlarga boʻlish jarayoni boshlandi va u 1925 yil boshlarida tugallandi. Shunday qilib, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etildi.

Shuningdek, Lenin Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy, qisman Eron, Turkiya kabi Sharq davlatlarida sotsializm qurish haqidagi reja tuzgan edi.

Adabiyot

  • Латышев А.Г., рассекреченный Ленин, Москва, 1996;
  • История Россия. XX век, Москва, 2000;
  • Туркестан в начале XX века: к истории истоков национальной независимости, Ташкент, 2000.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil