Rumin tili

Материал из УзЭнц
Rumin tili
Milliy nomi: -{Limba română [limba ro’mɨnə]}-
Mamlakatlar:  Ruminiya
 Moldova
 Rossiya
 Olmoniya
 Ukraina
 Italiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Ruminiya
 Moldova
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 25 million
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Hind-Yevropa tillari

Roman tillari

Alifbosi: lotin
Til kodlari
-{ISO 639-1 ro}-
-{ISO 639-2 rum (B); ron (T)}-
-{ISO 639-3 ron}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Rumin tiliroman tillarining bolqonroman guruhiga mansub til, Ruminiya Respublikasining rasmiy tili. Ruminiyadan tashqari Moldaviya, Ukraina, Vengriya, Makedoniya, Bolgariya, Gretsiya, Germaniya, Slovakiya, Albaniya, AQSh va Kanadada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 25 mln. kishiga yaqin. Rumin tilida banat, krishan, valashmoldavan, maramuresh; Ruminiyadan tashqarida makedonrumin, meglanrumin, istrorumin lahjalari mavjud.

Rumin tilida flektiv va analitik unsurlar birlashib kelgan. Unli tovushlar kattik va yumshoq talaffuz etiladi. Aniqlik artikli otdan keyin keladi; aniqlik va noaniqlik artikllari turlanadi; otlarda jins (rod) kategoriyasi 3 ta: mujskoy, jenskoy, sredniy. Rumin tilida slavyan tillariga xos soʻz yasovchi qoʻshimchalar ishlatiladi; leksikasida ham jan. slavyan tillarining taʼsiri kuchli.

Rumin tilidagi dastlabki yozma yodgorliklar (maktublar, rasmiy ish qogʻozlari, diniy matnlarning tarjimalari) 16-a. boshlariga taalluqli. Adabiy Rumin tilining shakllanishi 17-a.dan boshlangan, badiiy adabiyot esa 18-a. oxirida paydo boʻlgan. Dastlabki davrlarda kirill alifbosidan foydalanilgan, 1860 yilda u lotin alifbosi bilan almashtirilgan.[1]

Rumin tili tillarning hindevropalik oilasiga roman guruhining balqan-roman guruhchasiga kiradi. Rumin tili Moldavan tiliga yaqin. Mana bu dialektlari oʻzgachadir: banatlik, krishanlik, muntyanlik, moldaviyalik (Moldova tarixiy oʻlkasining dialekti), maramureshlik Leksikada janubiy slavyanliklarning taʼsiri koʻp. Rumin tili balqanlik tilli ittifoqqa kiradi. Ilk yodgorliklari (xatlar, ish qogʻozlar, diniy matnlarning tarjimalari) 17 asrning boshlariga kiradi (tarixiy yilnomalar). Badiy adabiyot 18 asrning oxirlaridan boshlab paydo boʻla boshlaydi. Boshlanishida kirill alifbosi foydalanalab, 1860-yili lotin alifbosiga almashtirildi. Ruminiya xalqining 90 % dan ortigʻi rumin tilini oʻz ona tili deb biladi. Jahonda rumin tilida gaplashuvchilarning soni 20 million. Moldavan tili va boshqa dialektlari bilan qoʻshib hisoblaganda 25 millionni tashkil qiladi

Alibosi[править | править код]

A a Ă ă Â â B b C c D d E e F f
G g H h I i Î î J j K k L l M m
N n O o P p Q q R r S s Ș ș T t
Ț ț U u V v W w X x Y y Z z
Serbiya
Davlat va hududi, rumin tilida gaplashuvchilar
davlat gaplashuvchilar
(%)
gaplashuvchilar aholi
(2005)
Osiyo
horasmiy:
Isroil 3,7 % 250.000 6.800.000
Qozog'iston 0,1 % 20.054 14.953.126
Rossiya 0,12 % 178.000 145.537.200
Evropa
norasmiy:
Ruminiya 89,5 % 19 420 000 21 698 181
Moldova 9,7 % 328 642 3 388 071
1,5 % 29 512 2 031 992
norasmiy:
Timok (Serbiya) 5,9 % 42 075 712 050
Vengriya 0,8 % 80 000 10 198 315
Ukraina 0,8 % 409 600 48 055 439
Shimoliy Amerika
norasmiy:
Kanada 0,2 % 60 520 32 207 113
AQSh 0,11 % 300 000 281 421 906

Havolalar[править | править код]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil