Toshmuhamedova, Dilorom Gʻofurjonovna
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova Дилором Ғофуржоновна Тошмуҳамедова | ||
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova | ||
| ||
---|---|---|
2007-yildan — 2015-yilgacha | ||
Oʻtmishdoshi: | Erkin Halilov | |
Vorisi: | Nurdinjon Ismoilov | |
Fuqaroligi: | Sovet ittifoqi, Oʻzbekiston | |
Tavalludi: | 19-fevral 1962 (62 yosh) Toshkent viloyati, OʻzSSR | |
Partiyasi: | Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi | |
Mukofotlari: |
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova (1962-yil 19-dekabrda tavallud topgan) - Oʻzbekistonlik siyosatchi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi "Oila" markazi direktori (2018-yil 12-sentyabrdan). 2008-2015 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri[1].
Tarjimai holi[править | править код]
Toshkent viloyatida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan.
1984-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini va 2003-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan [1]. Maʼlumoti boʻyicha shifokor.
Toshmuhamedova birinchi marotaba 2001-yilda, oʻsha paytlar bir palatalik boʻlgan, Oliy Majlisga saylangan.
2005-yilda Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi birinchi sekretari lavozimiga saylangan va partiyaning parlamentdagi fraksiya raisiga aylangan.
Partiya 2007-yil prezident saylovlarida uni oʻzidan nomzod sifatida koʻrsatdi[2]. U Oʻzbekiston prezidentlik saylovida ishtirok etgan birinchi ayol nomzod boʻlgan. Saylov natijasiga koʻra, u 2,94% (434 ming 111 nafar) saylovchilar ovozlarini yigʻdi[3].
2008-yil 23-yanvarda u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi[4].
2015-yil 5-yanvar kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 1-majlisida uning oʻrnini deputat, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Nuriddinjon Ismoilov egalladi [5].
2018-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritdi. 14-oktabrda Toshkent shahar kengashi deputatligiga boʻshab qolgan oʻrinlarga boʻlib oʻtgan saylovda Adolat sotsial-demokratik partiyasidan nomzod sifatida deputat etib saylangan. 27 oktabr kuni esa Oliy majlis Senati aʼzosi etib saylandi [6].
Manbalar[править | править код]
- ↑ 1,0 1,1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси расмий сайти parliament.gov.uz | Тошмуҳамедова Дилором Ғофуржоновна
- ↑ “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashining plenumi | OʻzA
- ↑ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida | OʻzA
- ↑ O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikerini saylash to'g’risida | OʻzA
- ↑ Парламент Узбекистана руководит Нуриддин Исмоилов
- ↑ Дилором Тошмуҳаммедова сенаторликка сайланди
Yana qarang[править | править код]
|
- Страницы с неработающими файловыми ссылками
- 19-fevralda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Toshkent viloyatida tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Vikipediya:VikiOmborda illustratsiyalari yoʻq davlat arboblari haqida maqolalar
- Барча чала мақолалар
- Oʻzbekiston:Yetakchilar
- Kishilar: Oʻzbekiston
- Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar