Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi

Материал из УзЭнц

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi (рус. Кабинет министров Республики Узбекистан) — Oʻzbekiston hukumati, ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.

Huquqiy asoslari[править | править код]

Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobida va "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida"gi Qonunda belgilangan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi toʻgʻrisida"gi Qonun 1993-yil 6-mayda birinchi marotaba qabul qilingan, yangi tahrirda 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan.

Qarorgohi [править | править код]

Qarorgohi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Pochta manzili: Toshkent, 100078, Mustaqillik maydoni, 5, Hukumat uyi.