Uchquduq

Материал из УзЭнц
Shahar
Uchquduq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Navoiy viloyati
Tuman Uchquduq tumani
Koordinatalari 42°09′24″N 63°33′20″E / 42.15667°N 63.55556°E / 42.15667; 63.55556Koordinatalari: 42°09′24″N 63°33′20″E / 42.15667°N 63.55556°E / 42.15667; 63.55556
Aholisi 27 555 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yer uchun hali jyolashuv xaritasi mavjud emas.

UchquduqNavoiy viloyati Uchquduq tumanilagi shahar (1978 yildan), tuman markazi. Viloyatning shim.da. Transport yoʻli stansiyasi. U.dan Navoiy shahrigacha 300 km. Aholisi 25,3 ming kishi (2004). 1961 yilda Muruntov oltin konining ishga tushirilishi munosabati bilan barpo etilgan. U.da oltin, oltingugurt, marmar ishlab chiqaruvchi kon sanoati korxonalari, jumladan, Navoiy konchilik ktiga qarashli Shim. kon boshkarmasi, Zarafshon kurilish boshqarmasi tasarrufidagi "Shimol" korxonasi, Koʻkpatos geologiya razvedka ekspeditsiyasi, 31 Qizilqumgeologiyarazvedka partiyasi, Oʻzbekiston—Rossiya "Promelektro" qoʻshma korxonasi, qurilish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va shoxobchalari, avtokorxona, 6 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, gimnaziya, konchilik kasbhunar kolleji ishlab turibdi. Madaniyat uyi, 3 kutubxona, klub muassasalari mavjud. Stadion, sogʻlomlashtirish punkti, suzish havzasi va boshqa sport inshootlari aholiga xizmat qiladi. Markaziy kasalxona, tibbiy sanitariya kismi, silga qarshi dispanser, poliklinika, ayollar va bolalar konsultatsiyasi, dorixona, ambulatoriya, 4 kasalxona, 2 vrachlik punkti, davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Shahar hududidan Navoiy—Uchquduq— Nukus yoʻnalishidagi katta avtotrassa oʻtadi. U. — Miskin yangi t.i. tarmogʻi mavjud.