Urugvay

Материал из УзЭнц
Urugvay Sharqiy Respublikasi
-{República Oriental del Uruguay}-
Urugvay davlat bayrogʻi   Urugvay davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Libertad o Muerte
(Ispancha: Ozodlik yoki Oʻlim)
Madhiya: Himno Nacional de Uruguay
Ispancha: Urugvay Davlat Madhiyasi
Urugvay Xaritasi
Urugvay Xaritasi
Poytaxt Montevideo
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Xose Muxika
Mustaqillik   Braziliyadan
 • Sana 25 avgust 1825
Maydon  
 • Butun 176,220 -{km²}- (90-)
 • Suv (%) 1.5
Aholi  
 • 2011 roʻyxat 3,318,535 (130- oʻrin)
 • Zichlik 18,65 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2011- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ 50,908 mil. (72-)
 • Jon boshiga AQSh$ 15,656
Pul birligi Peso Uruguayo (UYU)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-−3)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-−3)
Qisqartma -{UY}-
Internet domen -{.uy}-
Telefon prefiksi +598

Urugvay (Urugvay Sharqiy Respublikasi) poytaxti — Montevideo shahri. BMT aʼzosi

Urugvay (Uruguay), Urugvay Sharq Respublikasi (República Oriental del Uruguay) — Jan. Amerikaning jan.sharqiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 176,2 ming km². Axoliyey 3 mln. 387 ming kishi (2002). Poytaxti — Montevideo sh. Maʼmuriy jihatdan 19 departamentga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[править | править код]

U. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1967 y. kuchga kirgan va 1997 y. tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u toʻtri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni vakillar palatasi va senatdan iborat boʻlgan Kongress (yoki Bosh Assambleya), ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi. Prezident Vazirlar kengashini tayinlaydi.

Tabiati[править | править код]

Mamlakat jan. va jan.sharkda Atlantika okeani bilan oʻralgan. U. qirgʻoqlari kam parchalangan, past, laguna tipli. Yer yuzasi, asosan, sertepa tekislik. Mamlakat chekka sharqining aksariyati (Atlantika okeani sohili) botqoqlashgan pasttekislik. U.ning eng baland nuqtasi — chekka jan.dagi PandeAsukar togʻi (501 m). Foydali qazilmalardan temir, marganets, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, talk, qimmatbaho tosh, granit, marmar, qoʻngʻir kumir bor. Iqlimi subtropik, nam iklim. Oʻrtacha tra iyulda 10°—12°, yanvar

da 22°— 24°. Yiliga 1000–1200 mm yogʻin yogʻadi. Katta daryolari — Urugvay va RioNegro. Preriyalarnpnt qizilqora tuproqlarida oʻtli subtropik savanna, dare boʻylarida doim yashil oʻrmon; jan.da butali savanna, sharkda palmazorlar bor. Hayvonlardan zirhlilar, nutriya, kalamush, puma, amerika tuyaqushi, tapir, bugʻu, yovvoyi mushuk, tulki, chumolixoʻr; parrandalardan oqqush, qarqara, turna, kolibri, sudralib yuruvchilardan shaqildoq ilon, qora ilon, alligator koʻp. KaboPolono, SantaTeresa va boshqa milliy bogʻlar tashkil etilgan.

Aholisi[править | править код]

U.ning aksariyat aholisi — urugvayliklar (kreollar, ispan kolonistlari va 19-a.da koʻchib kelgan italyanlarning avlodlari). 19-a.ning 2yarmida fransuzlar, nemislar, slavyanlar ham koʻchib kela boshlagan. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati xristiankatolik. Shahar aholisi 88,7%. Yirik shaharlari — Montevideo, Salto.

Tarixi[править | править код]

U. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, ular dehqonchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugullangan. 16-a.ning boshlarida bu yerda ispan mustamlakachilari paydo boʻldi. 1750 y. Ispaniya bu hududni butunlay egallab oldi va 1776 y. Sharqiy sohil (mustamlaka davrida U. shunday deb nomlangan) Ispaniyaga qarashli LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kiritildi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakachilarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810—26) Sharqiy sohil aholisi 1815 y. mustaqillik eʼlon qildi. 1816 y. Portugaliya qoʻshinlari Sharqiy sohilga bostirib kirib, 1817 y. uni batamom egallab oldi. 1821 y. Sharqiy sohil Braziliya tarkibiga qoʻshib olindi. 1825 y. U. vatanparvarlari X.A. Lavalyexi rahbarligida kurash boshladilar va Sharqiy sohil Portugaliya bilan Braziliyadan ozod qilinib, mustaqil deb eʼlon qilindi (1825 y. 25 avg .), ammo tez orada Argentinaga qaram boʻlib qoldi. Toʻla mustaqillik uchun ozodlik kurashi avj oldi. 1828 y. Braziliya bilan Argentina oʻrtasidagi sulh shartnomasida U. mustaqil davlatini tuzish nazarda tutildi. 1830 y. U. Sharq Respublikasi deb eʼlon qilindi. 19-a. oxirida urugvay millati shakllanib boʻldi.

1-jahon urushida U. betaraflik eʼlon qildi. 1933 y. oʻng kuchlar mamlakatda toʻntarish uyushtirib, diktatura rejimini oʻrnatdi. 2-jahon urushi (1939—45) yillari U. "oʻq" pakti davlatlari (Germaniya, Yaponiya, Italiya) bilan aloqasini uzdi (1942). 1945 y. Germaniya bilan Yaponiyaga urush eʼlon qildi. 1951 y. konstitutsiyani isloh qilish yuzasidan oʻtkazilgan plebissit natijasida davlat idora usuli oʻzgardi: Milliy hukumat kengashi davlat boshligʻi vazifasini bajara boshladi. 1966 y. konstitutsiya islohoti yakunida yana prezident lavozimi tiklandi. 1973 y. qurolli kuchlarning oʻng qanoti davlat toʻntarishi oʻtkazib, parlamentni tarqatib yubordi, siyosiy partiya va kasaba uyushmalarining faoliyatini taqikladi. 1976 y. iyuldan harbiylar A. Mendesni prezident lavozimiga tayinladilar. 1981 y. sent,da hokimiyat tepasiga kelgan hukumat vazmin siyosat yuritdi. U. — 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 26 dek. da tan olgan. Milliy bayrami — 25 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[править | править код]

"Kolorado" partiyasi, 19-a.da tuzilgan; Milliy partiya ("Blanko"), 19-a.da tashkil etilgan; Fuqarolik ittifoqi, 1917 y. asos solingan; U. sotsialistik partiyasi, 1910 y. tuzilgan; Xristiandemokratik partiya, 1962 y. tashkil etilgan. Mehnatkashlarning kasaba uyushmalariaro plenumi, 1966 y. asos solingan.

Xoʻjaligi[править | править код]

Urugvay — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 26%, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik ulushi 8%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 66%.

Sanoatida oz miqdorda grafit, granit, marmar, qurilish materiallari qazib olinadi. Ishlab chiqarish sanoatining yetakchi tarmoqlari — oziq-ovqat (goʻsht, vino, konserva), toʻqimachilik (asosan, jun gazlama) sanoati. Metallurgiya, avtomobil yigʻuv, neftni qayta ishlash, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika, sement, rezina, kunpoyabzal sanoati korxonalari bor. Yogoch tayyorlanadi. Yiliga oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi goʻshtbop qoramol va jun olinadigan qoʻychilik. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning koʻp qismi oʻtloq va yaylovlardan iborat. Dehqonchilikda bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, yemxashak ekinlari, texnika ekinlaridan yeryongʻoq, shakarqamish, kungaboqar, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Baliq ovlanadi.

Transporti[править | править код]

Yuklarning 3/4 shemi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻlari uz. 51 ming km, t.y. uzunligi 2,1 ming km. Dengiz savdo flotining hajmi 172,5 ming t dedveyt. Asosiy dengiz porti — Montevideo. U. chetga chorva mol, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, baliq, jun, teri va kunchilik xom ashyosi, sabzavot, toʻqimachilik mollari chiqaradi, chetdan mineral xom ashyo (jumladan, neft), kimyoviy mollar, qora metall, mashina va uskuna, transport vositalari oladi. Braziliya, Argentina, AQSH, XXR, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — urugvay pesosi.

Tibbiy xizmati[править | править код]

Aholiga, asosan, xususiy tibbiy muassasalar xizmat koʻrsatadi. Tibbiyot xodimlari Montevideodagi untning tibbiyot fti va 2 ta tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Barcha tipdagi oʻquv yurtlarida taʼlim bepul. Boshlangʻich maktab — 6 y.lik, oʻrta maktab ham 6 y. (3+3). Boshlangʻich va kichik oʻrta maktablarda oʻqish — majburiy. Davlat maktablari bilan bir katorda xususiy umumiy taʼlim oʻquv yurtlari ham bor. Oʻrta maktabning 1bosqichi negizida 3 y.lik xunartexnika va ped. bilim yurtlari ishlaydi. U.da diniy seminariya kuts. Oliy taʼlim, asosan, Montevideodagi Urugvay universitetida (1849 yilda tashkil etilgan) olinadi. Uning xuzurida konservatoriya, kutubxonachilik maktabi, ijtimoiy yordam maktabi, texnologiya va kimyo instituti, nafis sanʼat maktabi bor. Montevideodagi Mehnat universiteti yuqori tipdagi maxsus oʻquv yurti hisoblanadi. Sanʼat va hunarmandchilik kolleji va boshqa oʻquv yurtilari bor. Ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengashi mamlakatdagi i.t. faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Geogr. va tarix instituti (1843), Kimyo farmatsevtika uyushmasi (1888), Meteorologiya bosh boshqarmasi (1912), Qishloq xoʻjaligi tadkiqotlari markazi (1914), astronomiya rasadxonasi (1928), biologiya instituti (1923), kimyo sanoati instituti (1935), Atom energiyasi milliy komissiyasi (1955), onkologiya instituti (1960), Milliy muhandislik akademiyasi (1963) bor. Yirik kutubxonalari: Montevideodagi Milliy kutubxona (1816), Kongress milliy kutubxonasi (1929), Markaziy ped. kutubxonasi (1888). Muhim muzeylari: Montevideodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi (1811), Milliy tarix muzeyi (1900), Tabiattarixi milliy muzeyi (1837), Ped. muzeyi (1888), Takuarembodagi indeyslar muzeyi, Zool. muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: "Diario ofisyel" ("Rasmiy kundalik gazeta", 1905 yildan), "Manyana" ("Tong", kundalik gaz., 1917 yildan), "Ora popular" (kundalik gaz, 1989 yildan), "Aki" ("Shu yerda", siyosiy haftanoma, 1983 yildan), "Buskeda" ("Izlanish", ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1972 yildan), "Demokrasia" ("Demokratiya", haftanoma, 1981 yildan), "Kronikas ekonomikas" ("Iqtisodiy yangiliklar", haftanoma, 1981 yildan), "Estudios" ("Tadqiqotlar", oylik jur., 1956 yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Milliy aloqa boshqarmasi — ANTEL davlat mahkamasi 1974 y. tuzilgan boʻlib, mamlakatdagi radioeshittirish va tele kursatuvlarni nazorat qiladi. Telekursatuvlar 1956 yildan ishlaydi.

Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki qoʻlyozma yodgorliklari mustamlaka davrida yaratilgan. Peres Kastelyanoning "Memorial" asari (1779 y. yozilgan, 20-a. boshlarida nashr qilingan) maktub tarzidagi tarixiy nasr namunasidir. X. Prego de Oliver, K. Vilyademoros sheʼriyati va X. P. Martinesning "Begʻubor sadoqat" pyesasi (1808) badiiy adabiyotga asos soldi. Mustakdllik uchun kurash davrida gaucholar (dasht aholisi)ning xalq ogʻzaki ijodiyoti negizida gaucho adabiyoti vujudga keldi. Uning mashhur namoyandasi B. Idalgo (1788— 1822) sheʼrlari ispan mustamlakachilarini fosh etadi va ijtimoiy adolatsizlikni laʼnatlaydi. Yevropa klassitsizmi anʼanalariga tayanuvchi "akademik adabiyot"ning sheʼriy namunalari "Sharqiy Parnas" antologiyasiga jamlangan. Shu adabiyotning atoqli vakili F. Akunya de Figeroa U. milliy madhiyasining muallifidir. 19-a.ning 30—40-yillaridan U. adabiyotida romantizm oqimi hukmron boʻldi. Zamonaviy U. nasrining asoschisi E. Asevedo Dias (1851 — 1924) "Ismael", "Shuhrat nidosi" tarixiy romanlarida gaucholarning ayanchli hayotini tasvirladi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida shoirlardan X. AlonsoiTrelyesa, F. Silva Valdes, Delmira Agustini, Xuana de Ibarburu, adib X. E. Rodo, dramaturg F. Sanches, qissanavis O. Kiroga ijod qildilar. 30-yillar oxiri va, ayniqsa, 2-jahon urushidan keyin adabiyotda ijtimoiy illatlarni fosh qiluvchi asarlar koʻplab yaratildi. E. Amorim, A.D.Gravina, M. Benedettining shu ruxdagi romanlari nashr etildi. 70—80-yillarda falsafiy sheʼriyat rivoj topib, insonparvarlik va milliylik gʻoyalarini tarannum etdi. Ayniqsa, X. Kunya, A. Berenger, M. Bianchi, X. Medina Vidal va boshqa shoirlarning asarlari ilgʻor ijtimoiy joʻshqinligi bilan ajralib turadi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[править | править код]

U.da charrua indeyslari sanʼatidan odam, hayvon va qushlar qiyofasi tasvirlangan tosh va sopol buyumlar bizgacha yetib kelgan. Mustamlaka davridagi meʼmorlik turli istehkomlar, cherkovlar, barokko va klassitsizm uslubida barpo etilgan shahar binolaridan iborat (Montevideodagi Munitsipal nafis sanʼat muzeyi, 1804—08, meʼmori T. Toribo). 19-a. oʻrtalaridan shaharlar yevropacha eklektizm ruxida, 20-a. boshlaridan modern uslubida kurila boshladi. 20-a. oʻrtalarida Montevideo qayta qurildi, koʻpgina osmonoʻpar binolar (shahar ratushasi, banklar, mehmonxonalar), kurortlar va savdo majmualari qad koʻtardi. 20-a.ning 2yarmida jamoa turar joylari va savdojamoat markazlari (bozor, doʻkon, klub, restoran, pochta, poliklinika, maktab, bolalar bogʻchasi, kutubxona) boʻlgan shaharchalar qurishga kirishildi. U.ning mashhur meʼmori X. Vilamaxo binolarning tevarakatrofdagi tabiiy manzara bilan uygʻun boʻlishiga va ularni qurishda mahalliy materiallardan foydalanishga alohida eʼtibor berdi. U BMTning NyuYorkdagi bosh binosi qurilishida maslahatchi sifatida qatnashdi.

U. tasviriy sanʼatida 19-a.ning 2yarmida, asosan, ajnabiy rassomlar ijod qildilar. U. milliy rangtasvir maktabining shakllanishida X.M. Montevideo shahri.

Blanesning ijodi muhim urin oladi. Uning moʻyqalamiga mansub koʻpgina tarixiy kompozitsiyalar, urush manzaralari, portretlar, gaucho siymolari mamlakat tarixi va xalq hayotining yaxlit qiyofasini gavdalantiradi. Milliy haykaltaroshlik sanʼati rivojlandi (J. Livi, D. Mora va boshqalar). 20-a.ning 1yarmida D. Ekket, keyinroq K. M. Errera va K. A. Kastelyanos kabi rassomlar yetishib chikdi. Shaklning nozik jihatlarini idrok etuvchi haykaltarosh B. Michelena mehnat va madaniyat axlining siymolarini gavdalantiruvchi asarlar yaratdi. 1927 y. "Teseo" guruhiga birlashgan koʻpgina rassomlar ilgʻor ijtimoiy gʻoyalarni modernizm anʼanalari bilan bogʻlab tasvirladilar. R. Peres Barradas, X. Kuneo Perinetti, P. Figari va boshqa rassomlar birbiridan goʻzal sanʼat asarlarini yaratdilar, X. Torres Garsia esa abstrakt sanʼatning faol targʻibotchisi boʻldi. 20-a. oʻrtalaridan "Gravyura klubi" (L. Gonsales va boshqalar) sanʼatda xalq hayoti va tashvishlarini keng aks ettirish yoʻlidan bordi. X.T. Garsia, I. Dyukas, K. Federiko Saes, P. Figari, R. Barrades, X. Koneo, V. Barkala, M. Espinola, 20-a.ning 2yarmidagi mashhur rassomlardir. 1970—80-yillarda K.Lara, X. Gamarra kabi rassomlar postmodernizm gʻoyalarini mahalliy anʼanalar bilan yuksaltirishga harakat qildilar. Zamonaviy rassomlar orasida A. Ernandes, K. Paes Vilaro, G. Lasarini, L. Massey, E. Dias Yepes, N. Berdiyalar bor. 1957 y. Nafis sanʼatlar milliy maktabiga asos solindi.

Musiqasi[править | править код]

Tango raqsi

Файл:La Cumparsita (tango).ogg Indeys musiqasining asosiy shakllari mehnat, urush va marosim qoʻshiqlari hamda raqslaridan iborat boʻlgan. Cholgʻu asboblari: yogʻoch baraban, hayvon shoxi va suyagidan yasalgan bugʻ, qamish nay (pinkilo), dengiz chigʻanogʻi, shaqildoq (maraka), ksilofon (marimba) va boshqalar Ispan folklori namunalari sayyor qoʻshiqchilar — payadoralar ijodi orqali 16-asrdan tarqalgan. Milliy (kreol) qoʻshiq janrlari — triste, vidala, estilo, milonga; raqs turlari — gato, sʼyelito, perikon, kuando, ranchera. 18-asrdan Yevropa professional musiqa turlari, jumladan, diniy musiqa shakllaridan — xoral, organ ijrochiligi va bosqalar, dunyoviy musiqa janrlaridan musiqali teatr (tonadilya, melodrama) va raqs musiqa (menuet, gavot, vals va boshqalar) namunalari kirib keldi. 19-asrning 20—50-yillarida 6 ta filarmoniya jamiyati, 1910 yil Montevideoda konservatoriya, kamer musiqasi uyushmasi tuzildi. 20-asr boshidan milliy kompozitorlik maktabi tashkil topdi. Zamonaviy musiqa arboblari: kompozitorlar E. Tosar, L. Birioti, R. Shtorm, K. Estrada, S. Serveti; dirijyor X. Protasi; pianinochilar U. Baltso, N. Marino; gitarachi X. Oyanguren; xonanda V. Kastro. Musiqa taʼlimi sohasida shahar musiqa maktablari tizimi mavjud. Montevideodagi Respublika universiteti xuzurida Milliy konservatoriya ochilgan.

Teatri[править | править код]

Dastlabki teatr tomoshalari Montevideoda 18-a. oxirlarida koʻrsatildi. 1793 y. bu yerda ochilgan Komediya uyida vaqtivaqti bilan B. Idalgo, E. Faxardo, F. X.de Acha kabi dramaturglarning pyesalari sahnalashtirildi. 1856 y. "Solis" teatri qurildi. Milliy teatrning ravnaqtopishida dramaturglar F. Sanches va E. Errera ijodining ahamiyati katta boʻldi. 20-a.ning 30—40y.larida "mustaqil teatrlar" harakati boshlandi. "Komediya nasonal", "El Galpon", "Teatro uno", "Teatro universitario" kabilar tijorat teatrlaridan farkli oʻlaroq milliy va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnaga olib chiqdilar. Tanikli teatr arboblari — S. Korriyeri, X. Savala Munis, A. del Chopo, X. Ortis, F. Volf, A. Lorreta. 1949 yildan Drama sanʼati maktabi ishlaydi.

Kinosi[править | править код]

1898 y. dastlabki qisqa metrajli "Arrayo Seko velodrom i dagi velopoyga" filmi suratga olindi. "Mushtlar va oliyhimmatlik" (1919, rej. X. Borxes) — birinchi toʻla metrajli film boʻldi. 1936 yildan, asosan, hajviy mazmundagi ovozli filmlar chiqarila boshladi. 1950 y. kinematografiya instituti tashkil etildi. 60—70-yillarda "Urugvaydek mamlakatni topib boʻpsiz" (1960, rej. U. Olive), "Pragada" (1964), "Karlos" (1966), "Menga talabalar yoqadi" (1968, hammasining rej. M. Andler), "Saylovlar" (1967, rej. U. Olive va M. Andler) kabi siyosiy yoʻnalishdagi filmlar, turli rej. larning novellalaridan iborat "Oh, Urugvay" (1971) toʻla metrajli film yaratildi.

Urugvay Sharqiy Respublikasi Janubiy Amerika qitʼasining janubiy-sharqiy tarafidada joylashgan. Atlantika okeani qirgʻogʻi yoqasida. Shimol tarafidan Braziliya bilan, gʻarb tarafida Argentina, sharq tarafinida Atlantika okeani Qirgʻoqlik chegarasini hisoblaganda — 1564 km, suv bilan chegarasi — 660 km.

Siyosiy tuzulishi[править | править код]

Urugvay Respublika hisoblanadi. Davlat boshi — prezident, xalq tarafidan 5-yil muddatga saylanadi (ikkinchi marta saylanishga xaqqi yoʻq).

Parlament[править | править код]

Parlament — ikki palatali Bosh assambleyasi. Yuqori palata — Senat (30 oʻrin). Proportsional sistemasi boʻyicha deputatlar saylaydi. Quyi palata — Vakillar palatasi (99 oʻrin). Proportsional sistemasi boʻyicha deputatlar saylaydi, buning uchun Urugvayning har bir departamenti palataga kam deganda 2 aʼzosini taklif qilishi shart. Bosh assambleyaning yil muddati — 5 yil.

Iqlimi[править | править код]

Sputnik orqali tushurilgan Urugvayning maydoni

Iqlimi subtpopikalik, muxitli. Oʻrtacha harorati yanvar 22—24 °C, iyul 8-9 °C. janubiy shamollarning kirishi natijasida, tunda qisqa muddat sovuq boʻladi harorati boshlanishi −5 °C, bunday vaqtda qirov ham tushushi mumkin.

Iqtisodiyoti[править | править код]

Urugvay — iqtisodi rivojlangan davlatlarning biridir.(Lotin Amerikasi) YaIM jon boshiga hisoblaganda 2009 yili — 12,7 ming dollar. (6-oʻrinda Lotin Amerikasi boʻyicha, jahonda 88-oʻrinda).

Urugvay iqtisodi eksportga yoʻnaltirilgan asosiy eksport mahsulotlari: qishloq xoʻjaligi va baliq mahsulotlari. Qishloq xoʻjaligi bilan 9 % shugʻullanadi, ishlab chiqarish bilan 15 %, hizmat koʻrsatish sohalarida 76 %.

75 % ga yaqin korxonalar poytahti yani Montevideo shahariga qarashli.

Sirtqi savdo[править | править код]

Eksport — 7,1 mlrd doll. 2008 yilgi — goʻsht, guruch, teri mahsulotlari, junli, baliq, xalva, mevalar(apelsin). Asosiy haridorlari — Braziliya 18,7 %, Xitoy 8,5 %, Argentina 7,3 %, Olmoniya 6,5 %, Meksika 4,9 %, Niderlandlar 4,5 %, Rossiya 4,4 %.

Import — 8,8 mlrd doll. 2008 yilgi — neft mahsulotlari, korxona mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, avtomabillar, qogʻozlar, plasmassalar. Asosiy sotuvchilar — Argentina 19,6 %, Braziliya 17,9 %, Xitoy 11,0 %, AQSh 9,7 %, Paragvay 6,5 %, Nigeriya 4,5 %.

Aholisi[править | править код]

Aholi soni — 3,5 mln (2010)

Yillik oʻshish — 0,4 %

Oʻrtacha umr koʻrish muddati — 73 yosh erkakalr , 80 yosh ayollar

Shahar aholisi — 92 % (2008)

Savodi — 98 % (2003)

Tillari — ispancha (rasmiy), Braziliya chegarasidagilarning — asosiy qismi ispan va portugal dialektida gapiradilar.

Etnik irqlar tarkibi:

  • oq tanlilar 88 %
  • metislar 8 %
  • mulatlar 4 %

Dini[править | править код]

  • katoliklar 47,1 %
  • boshqa xristianlar 11,1 %
  • noʻmalum dindagilar 23,2 %
  • iudaistlar 0,3 %
  • boshqa dindagilar 1,1 %
  • ateis va agnostiklar 17,2 %

Havolalar[править | править код]



Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Ensiklopediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.