Komilov, Abdulaziz Hafizovich
Abdulaziz Hafizovich Komilov Абдулазиз Ҳафизович Комилов | ||
| ||
---|---|---|
2012-yil 13-yanvardan | ||
Prezident: | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev | |
Oʻtmishdoshi: | Elyor Gʻaniyev | |
| ||
1994-yil 11-sentabrdan — 2003-yil 14-martgacha | ||
Prezident: | Islom Karimov | |
Vorisi: | Sodiq Safoyev | |
Tavalludi: | 16-noyabr 1947 (76 yosh) Yangiyoʻl, Oʻzbek SSR | |
Bolalari: | Doniyor Komilov | |
Mukofotlari: |
Abdulaziz Hafizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 2012-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.[1] 1994-2003-yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan.
Hayoti[править | править код]
Abdulaziz Komilov 1947-yil Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. 1972-yil SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini bitirgan. 1978-80-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik boʻlimida oʻqigan. Komilov tarix fanlari nomzodidir.
Siyosiy karyerasi[править | править код]
Komilov 1973-1976-yillar Sovet Ittifoqining Livandagi elchixonasida attashe oʻlaroq ishlagan. 1980-1984-yillarda Sovet Ittifoqining Suriyadagi elchixonasida ikkinchi kotib sifatida ishlagan. 1984-1988-yillarda esa Oʻzbek SSR Tashqi ishlar vazirligining Yaqish Sharq ishlari boʻlimida ishlagan.
1988-1991 yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodi hamda tashqi ishlar boʻlimida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi oʻlaroq faoliyat yurtigan. 1992-1994-yillarda Oʻzbekiston milliy xavfsizlik vaziri oʻrinbosari oʻlaroq ishlagan.
1994-yil Komilov Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 1998-2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori. 2003-yil Komilov oʻrniga Sodiq Safoyev tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. Buning ortidan Komilov Oʻzbekiston prezidentiga tashqi ishlar boʻyicha maslahatchi oʻlaroq ishlay boshlagan.
2003-yil Komilov Oʻzbekistonning AQSh hamda Kanadadagi elchisi etib tayinlangan. 2008-yil Komilov mamlakatnign Braziliyadagi elchisi sifatida ham ishlay boshlagan. 2010-yil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlay boshlagan. 2012-yilga kelib tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.
Mukofotlari[править | править код]
Komilov Fidokorona xizmatlari uchun ordeni[2], „Mehnat shuhrati“, „Doʻstlik“, „Oʻzbekiston belgisi“ va „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Oilasi[править | править код]
Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. O'gli - Doniyor[3].
Manbalar[править | править код]
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. 01.11.2016.
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/11/16/savkat-mirzieev-abdulaziz-komilovni-mukofotladi
- ↑ https://www.famous-scientists.ru/list/12366
Шаблон:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi
|
- 16-noyabrda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Vikipediya:VikiOmborda illustratsiyalari yoʻq davlat arboblari haqida maqolalar
- Барча чала мақолалар
- Oʻzbek diplomatlari
- Oʻzbekiston:Yetakchilar
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirlari