Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi
MDH Bayrogʻi |
MDH Emblemasi | |||||
![]()
| ||||||
Shtab kvartirasi | ||||||
Suhbatlashish tili | Rus tili | |||||
Ijro etuvchi kotib | ||||||
Majlis oʻtkazuvchi mamlakat | ||||||
Maʼlumoti | 1991-yil 8-dekabr | |||||
Aholi | 279.506.000 odam. (2012) | |||||
Rasmiy sayti | http://cis.minsk.by |
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH, рус. Содру́жество незави́симых госуда́рств (СНГ)) — davlatlararo tashkilot.
1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi.
1991 yil 21 dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar.
1993 yil MDHga Gruziya qoʻshildi. 1993 yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriqlashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi.
MDHda haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin.
Tashkilot organlari[править | править код]
MDHning quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliqlari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi Sankt-Peterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqalar.
MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi-maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2 marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichma-bosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan tashqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning koʻpi bajarilmadi. Hozir MDHga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 million kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 million iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
MDH doirasida Oʻzbekiston faoliyati[править | править код]
Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.[1]
2019-yil martida Oʻzbekiston cheklangan miqdorda badal toʻlash sharti bilan MDH parlamentlararo Assambleyasiga aʻzo boʻldi.[2]
![](https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/27/Stamp_of_Russia_2011_No_1542.jpg/300px-Stamp_of_Russia_2011_No_1542.jpg)
Aʼzolar[править | править код]
Bu tashkilotga 11 davlat aʼzodir:
Shuningdek dunyoning boshqa mamlakatlari, jumladan:
Moʻgʻuliston MDHning baʼzi strukturalarida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.
Afgʻoniston
2008-yili MDH tarkibiga kirish hoxishini bildirdi, MDHning „Parlamentlararo Assambleya“sida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.
Oʻzining MDH tarkibiga kirishini xohlayotgan qator tan olinmagan davlatlar, avtonom rayonlar va BMT aʼzolari bildirishgan. Ushbu davlatlar bilan MDH kelishuvni amalga oshirmagan. Bular:
Abxaziya
- Ukrainadagi Qrim
- Togʻli Qorabogʻ Respublikasi
- Pridnestrov Moldova Respublikasi
- Rossiyadagi Checheniston
- Rossiyadagi Tatariston
- Xorvatiyadagi Serbskaya Kraina Respublikasi
- sobiq Yugoslaviya mamlakatlari.
Tarixi[править | править код]
1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Viskuli (Belovej pushchasi)da SSSRning tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdi. Shu bilan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) tashkil topdi. MDH ga asta-sekin 12 respublika aʼzo boʻLib kirdi. Boltiqboʻyi davlatlari bundan mustasno. Har bir respublikaga oʻz hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari koʻrsatkichi nasib etdi.
1985—1988-yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon boʻla boshladi. Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan, keyinchalik respublikalarni xoʻjalik hisobiga oʻtkazish va, nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar. 1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomoni dan saylangan Baltika assambleyasi bu respublikalarning SSSR tarkibida boʻlishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bayon qildi.
MDHning barcha sammitlari[править | править код]
- 12.1991-yil
Almati
- 10.1992-yil
Bishkek
- 04.1993-yil
Minsk
- 10.1994-yil
Moskva
- 05.1995-yil
Minsk
- 05.1996-yil
Moskva
- 01.1997-yil
Moskva
- 04.1998-yil
Moskva
- 04.1999-yil
Moskva
- 06.2000-yil
Moskva
- 10.2001-yil
Moskva
- 10.2002-yil
Kishinyov
- 09.2003-yil
Yalta
- 09.2009-yil
Astana
- 08.2005-yil
Qozon
- 10.2006-yil
Minsk
- 10.2007-yil
Dushanbe
- 10.2008-yil
Bishkek
- 10.2009-yil
Kishinyov
- 05.2010-yil
Moskva
- 09.2011-yil
Dushanbe
- 05.2012-yil
Moskva
- 12.2012-yil
Ashxobod
- 09.2013-yil
Minsk
MDHning barcha aʼzolari (alfavit boʻyicha)[править | править код]
Armaniston
Belarus
Moldova
Ozarbayjon
Qirg'iziston
Qozog'iston
Rossiya
Tojikiston
Turkmaniston
Oʻzbekiston
Ukraina
Manbalar[править | править код]
Adabiyot[править | править код]
- Oʻzbekistonda politologiya [2001 yil 18 oktabrda Toshkent shahrida oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari], T., 2002;
- Neshatayeva T. N., Mejdunarodnie organizatsii i pravo. Novie tendensii v mejdunarodno-pravovom regulirovanii, M., 1999.
Havolalar[править | править код]
- Исполнительный комитет СНГ (rasmiy sayt)
- Sovet Generalnix prokurorov SNG (rasmiy sayt)
- Межпарламентская ассамблея СНГ (rasmiy sayt)
- Sovet po jeleznodorojnomu transportu SNG (rasmiy sayt)
- Sovet po obrazovaniyu SNG (rasmiy sayt)
- Predstavitelstvo Rossiya Federatsiyasi pri SNG (rasmiy sayt)
- Yediniy reestr pravovix aktov i drugix dokumentov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv.
![]() | Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |
|