Xakas tili

Материал из УзЭнц
Xakas tili
Milliy nomi: -{Хакас тілі, ранее Xakas tįlį, тадар тілі}-
Mamlakatlar:  Rossiya
Mintaqalar: Xakasiya, Tuva, ‎Krasnoyarsk oʻlkasi
Rasmiylik holati:  Xakasiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 42 604[1]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati: Xakasiya Respublikasining davlat tili
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Xakas guruhi
Alifbosi: kirill
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 kjh}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Xakas tili — turkiy tillardai biri; asosan, RFning Xakasiya Respublikasida, Krasnoyarsk oʻlkasi va Tiva Respublikasining unga qoʻshni tumanlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 80 ming kishidan ortiq (20a.ning 90-yillari). Lahjalari: sagay, kalchin, kizil va shor; ulardan sagay va kachin lahjalari adabiy tilga asos boʻlgan.

Xakas tilining fonetika sohasidagi asosiy belgilari: 17 unli va 24 undosh mavjud; unlilarning choʻziq va qisqa variantlari bor. Asl xakas soʻzlaridagi undoshlarning qattiq va yumshoqligi unliga bogʻliq: orqa qator unlilari bilan doimo qattiq undoshlar, old qator unlilari bilan yumshoq undoshlar uygʻunlashadi. Bu hodisa fonematik darajada boʻlmaganligi sababli, variant undoshlar yozuvda aks etmaydi. Xakascha soʻzlar boshida jarangli undoshlar deyarli boʻlmaydi. Grammatikasi barcha turkiy tillardagi kabi belgilarga ega boʻlsada, ayrim yasovchi affikslarning qoʻllanishi, kelishiklar tizimi, ayrim feʼl shakllari jihatidan oʻziga xosliklarga ega. Leksikasida oz miqdorda arabcha va forscha, lekin anchagina ruscha va moʻgʻulcha oʻzlashmalar bor. Yozuvi 1926 yildan rus grafikasi, 1929 yildan lotin grafikasi va 1939 yildan yana rus grafikasi asosida shakllangan.

Xakas tili (xakascha xakas tili) — xakaslarning adabiy tili. Asosan Rossiya tarkibidagi Xakasiya Respublikasida rasmiy til maqomiga ega. Xakas tilida gaplashuvchilar soni 52 ming (2002 yil) kishi. Xakas tili turkiy tillarining sharqiy butogʻining xakas-oltoy guruhiga kiradi. Dialektlari: sagʻay, kachin, qizil. Adabiy tilining asosi sagʻay va kachin dialektlaridir. Alifbosi kirillchaga asoslangan.

Alifbosi[править | править код]

1924-yili kirill alifbosiga asoslandi, 1929-yildan boshlab lotin alifbosiga, 1939-yili qaytadan kirill alifbosiga oʻtdi.

Lotin alifbosi[править | править код]

A a B b C c Ç ç D d Ә ә F f G g
Ƣ ƣ I i Į į J j K k L l M m N n
Ņ ņ O o Ө ө P p R r S s Ş ş T t
U u V v X x Y y Z z Ƶ ƶ

Kirill alifbosi[править | править код]

А а Б б В в Г г Ғ ғ Д д Е е Ё ё
Ж ж З з И и Й й I i К к Л л М м
Н н Ң ң О о Ö ö П п Р р С с Т т
У у Ӱ ӱ Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ӌ ӌ Ш ш
Щ щ Ъ ъ Ы ы Ь ь Э э Ю ю Я я

Manbalar[править | править код]