Oltoy tili

Материал из УзЭнц
Oltoy tili
Milliy nomi: -{Алтай}-
Mamlakatlar: Rossiya Rossiya
Xitoy Xalq Respublikasi XXR
Moʻgʻuliston bayrog'i Moʻgʻuliston
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Oltoy Respublikasi
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 55 720[1]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Togʻli-Oltoy guruhi
Qirgʻiz-qipchoq ostguruhi
Alifbosi: kirill
Til kodlari
-{ISO 639-1 atv}-
-{ISO 639-2 alt}-
-{ISO 639-3 alt}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Oltoy tili — turkip tillaraan biri. 1948 yilgacha oyrot tili deb atalgan. RF Oltoy oʻlkasining Togʻli Oltoy viloyatida tarqalgan, 60 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Lahjalari 2 guruhga boʻlinadi: jan. (qirgʻiz-qipchoq guruhi) va shim. (uygʻur guruhi). Oltoy tili unlilar tizimi xususiyatiga va lab singarmonizmining umumiy qonunlariga koʻra qirgʻiz tiliga yaqinroq turadi. Undoshlar tizimida oʻxshashliklar bilan birga muayyan tafovutlar ham bor: qirgʻiz tilidagi soʻz boshida keluvchi qorishiq j oʻrnida Oltoy tilida dʼ mos keladi; qirgʻiz tilidan farqli ravishda unlilar orasida jarangsiz undoshlar jarangli undoshlarga aylanadi. Feʼllar tuslanganda, shaxs koʻrsatkichining reduksiyaga uchrashi Oltoy tili morfologiyasining asosiy xususiyatidir.

Adabiy tili jan. lahjalarga asoslanadi. Yozuvi 1939 yildan rus grafikasi asosida.[2]

Oltoy tili — oltoy xalqining tili. Turkiy tilli xalqlar. Rossiya va Mo'g'uliston chegarasida joylashgan Gorno-Altayda va Xitoy-da keng tarqagan.

Oltoy tili (1948-gacha oʻyrat tili deb atalgan) asosan Togʻli Oltoy AV-da (60 015) istiqomat qiladigan oltoy xalqining milliy, adabiy tili. Ularning umimiy soni — 71 317 kishi (1989). Oltoy tili janubiy (oltoy, toʻlengit, televit) va shimoliy (kumandi, tuva, chalkan) dialektlariga boʻlinadi. Adabiy tilining shakllanishida janubiy dialektining (aptay kiji) ulushu koʻproq boʻlgan. Oltoy xalqi 1928—1938 yili lotin alifbosini qoʻllandi, va nihoyat 1938-yildan buyon kirill alifbosini foydaniladi.

Manbalar[править | править код]






en:Southern Altai language